O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida kasbiy mahoratni oshirish, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat olib borish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida "Ustoz-shogird" maktabi joriy qilinadi.
Bu an’anani qayta tiklash, sohada xizmat qilayotgan yosh kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Alisher domla Naimov hamda shahar-tuman bosh imom-xatiblari, tajribali imomlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ta’lim dargohlarini tamomlab, sohada faoliyat boshlagan yosh imomlar tajribali, ustozlarga biriktirilgani, ushbu tizim yosh imomlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Ustoz va shogirdlarga qo‘yiladigan vazifalar aytildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Malayziyaning Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti qoshidagi Sayyid Muhammad Naqib Attos kutubxonasi ma’muriyati Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlariga kutubxonaning resurslaridan foydalanish huquqini taqdim etadi.
Mazkur kutubxona fondidagi 100 mingdan ziyod ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyatini berish bilan birga, islomshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Termiziy.uz