Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2026   |   3 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:49
Bismillah
16 Avgust, 2026, 3 Rabi`ul avval, 1448

Bir oyat tafsiri va shubhani ketkazish

13.03.2024   1128   2 min.
Bir oyat tafsiri va shubhani ketkazish

“Ular Rabbilari tomonidan hidoyatdadirlar va ular faloh (najot) topuvchilardir”. Bu oyatda ikki narsa - hidoyat hamda faloh mukofot sifatida zikr etilgan. Chunki, bundan oldin g'aybga hamda payg'ambarlarga iymon keltirish sifatlari keltirilgan. Mana shu iymonga mukofot o'laroq bu oyatda hidoyat bilan faloh va'da qilinmoqda. Falohni amalga mukofot bo'lishini tushunsa bo'ladi, chunki falohning ma'nosi murod va maqsadga etmoqdir. Lekin hidoyat deb yo'lni ko'rsatishga aytiladi. Bir narsaning yo'lini ko'rib olish bir maqsad ham emas, shu bilan birga u biror amalga mukofot bo'lishi ham mumkin emas.

Hazrat mana shu shubhani daf' qilish uchun aytdilarki, mening o'zim bilan sodir bo'lgan bir voqea mana shubhaga juda yaxshi javob bo'ladi. Voqea shunday bo'ldiki, bir odam Meyuratga ketayotgan poyezdga minmoqchi ekan, adashib Rurkiyga, ya'ni qarama-qarshi tarafga ketayotgan poyezdga minib olibdi. Poyezd yurganidan keyin xato qilganini bildi. Men ham o'sha poyezdda Rurkiyga ketayotgan edim. U odamning nihoyatda qattiq iztirobga tushganini ko'rdim. Men esa o'z joyimda xotirjam o'tiribman. Unga tasalli beraman desam, menga iltifot ham qilmadi. Poyezd tezlagani  sayin uning parishonligi yanada ortib boraverdi. O'sha vaqtda bildimki, manzil va maqsad tomon to'g'ri yo'lda ketayotganini aniq bilishning o'zi ham inson uchun bir katta ne'mat va rohat ekan. Shuning uchun buni amalga mukofot qilib belgilansa bo'laveradi. Bu oyat mo'minlarni "Sizlar sahih va to'g'ri yo'ldan bormoqdasizlar, hech tashvish qilmanglar", deya xotirjam qilmoqda. Bundan ortiq yana qanday ne'mat bo'lishi mumkin?

Yorqinjon Fozil rahimahulloh

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

11.08.2026   24831   1 min.
Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

 

VIDEO