Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446

Haj va umra markazida ish faoliyati qizg‘in

17.02.2025   10405   1 min.
Haj va umra markazida ish faoliyati qizg‘in

Haj va umra markazi tomonidan so‘nggi hafta davomida  2 ta reys bilan 480 nafar ziyoratchi umra safariga jo‘natildi, ziyoratni tugatgan 480 nafar ziyoratchi ona Vatanga qaytib kelishdi.

Mavsum boshidan hozirga qadar 11 200 nafardan oshiq yurtdoshlarimiz umra safariga jo‘natildi. 

Shuningdek, litsenziya olgan umra operatorlariga jami 4 nafar imom-xatib va imom noiblaridan iborat mutaxassis guruh rahbari sifatida taqdim etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

25.04.2025   4436   1 min.
Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi.

Namozda ko‘zlar yumilmaydi, osmonga qaralmaydi va har tomonga alanglab ko‘z tashlanmaydi.  

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz ichida har tarafga qarashdan saqlaninglar, chunki kishi modomiki namoz ichida bo‘lar ekan, Robbiga munojot qiladi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD