O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ma’lumki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi imom xatiblarning mehnat samaradorligi o‘rganib boriladi. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar, mahallabay ishlash tizimi hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan ishlash jarayoniga oid umumiy faoliyatni o‘rganish va baholash tizimini joriy qilish bo‘yicha mezon – CPI loyihasi ishlab chiqilgan.
Unga yurtimiz imom-xatiblari faoliyati yuqoridagi talablar bo‘yicha 100 balli tizim asosida baholab kelinmoqda. Yaxshi natija ko‘rsatgan soha xodimlari rag‘batlantirilmoqda.
Mazkur xayrli ishlarning ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida ham o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davomida soha xodimlarining ko‘nikmalari oshirilishi yuzasidan kerakli tushunchalar berilmoqda. O‘quvlar davomida viloyatdagi 186 nafar imom-xatib, 90 nafar imom noiblari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati