Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

27.02.2025   2407   1 min.
Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.  https://president.uz/uz/lists/view/7913

Mazkur qarorga ko‘ra, 2025 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.  

Yaratgan xalqimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon muborak! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rizqing kelib turgan eshikni yopma!

28.02.2025   1141   1 min.
Rizqing kelib turgan eshikni yopma!

Musulmon o‘z rizqiga sabab bo‘layotgan kasbiga mehr qo‘yadi va unga vafodor bo‘ladi. Tajriba inson o‘z kasbiga mehr qo‘ymaguncha, biror yaxshi natijaga erishmasligini takror-takror ko‘rsatgan. Aksincha, kasb-hunariga mehr qo‘ygan va uni o‘ziga lozim tutganlar barakaga sazovor bo‘lganlarini ham ko‘pchilik yaxshi biladi.

Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon Alloh biringizga biror tarafdan rizq joriy qilib qo‘ysa, uning o‘zi o‘zgarmagunicha, o‘sha narsani tark qilmasin”, dedilar (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

Bundan o‘zga rizq topish uchun sabab bo‘lib turgan narsani to u foyda bermaydigan bo‘lib qolmaguncha tark qilmaslik kerakligi anglanadi. Nofe’ aytadi: "Men Shom va Misrga tijorat moli yuborar edim. Alloh menga ko‘p yaxshilikni rizq qilib berardi. Bir gal Iroqqa (mol) yubor­dim. Sarmoyam ham qaytmadi. Oysha roziyallohu anhoning huzuriga kirgan edim: “Hoy bolam, tijoratingni lozim tut. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Biringizga bir eshikdan rizq ochilsa, o‘shani lozim tutsin”, deganlarini eshitganman” dedi".

Ha, musulmon kishi rizqi kelib turgan eshikni yopib, o‘zini boshqa eshikka urishga shoshilmasligi kerak.


Halol kasb-hunar – qut-baraka keltirar kitobidan