Yangiliklar
“Haj – 2026” mavsumi ziyoratchilari uchun nimcha tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov
24.09.2025
849
1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2026” mavsumi ziyoratchilari uchun nimcha (kamzul) tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi
I. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha xat;
- Korxona guvohnomasi va rahbarining pasport nusxasi;
- Bankdan K-2 shaklidagi ma’lumotnoma;
- Erkak va ayollar uchun bittadan nimcha namunasi;
- Tijorat taklifi;
- Korxonaning so‘nggi bir yilda bankdagi pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumot;
- Bog‘lanish uchun telefon nomerlari;
Amaldagi qonunchilikka muvofiq zarurat bo‘lsa qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
II. Mahsulotlar (erkaklar va ayollar nimchasi) uchun qo‘yilgan talablar:
- Nimchalar 50, 52, 54, 56 va 58 o‘lchamlarda tikilishi lozim.
- Nimchalarning oldi qismi tugmali bo‘lishi shart.
- Nimchaning orqa yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
- Bayroqning tepa qismida, orqa tomonda lotin alifbosida “UZBEKISTAN” yozuvi joylashtirilishi talab qilinadi.
- Har bir nimchaning og‘irligi 190–220 gramm zichlikdagi matodan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
- Nimchalar moviy (och ko‘k) rangda bo‘lishi lozim.
- Old qismida uchta cho‘ntak bo‘lishi: ikki tomonda (yon cho‘ntaklar) va yuqori chap qismida bitta qo‘shimcha cho‘ntak.
- Old yuqori chap cho‘ntak ustki qismida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi logotipi joylashtirilgan bo‘lishi shart.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2025 yil 31 oktyabr kuniga qadar yuqoridagi talablar asosida hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefon: 71-240-04-75, 98-140-04-75
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING