Bismillahir Rohmanir Rohiym
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, dinimizda ro'zadorga iftorlik qilib berish katta savob ishlardan. Hatto bitta xurmo, yo bir qultum suv, yo bir ho'plam sut bilan bo'lsa ham, ro'zadorni iftor qildirish katta ajrga sabab bo'ladi. Bu haqida Payg'ambarimiz alayhissalom bunday deganlar: “Kim ro'zadorga iftor qilib bersa, ro'zador savobicha savobga erishadi. Lekin ro'zadorning savobidan hech narsa kamaymaydi”(Imom Termiziy rivoyati).
Bugungi kunda iftorlik qilib berishni niyat qilganlar muhtoj qarindosh va qo'ni qo'shnilariga pul yoki mahsulot shaklida iftorlikni etkazib bersalar, ayni muddao bo'ladi va mazkur hadisi sharifda zikr qilingan savobga erishadilar.
Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, bu ish qanchalik savobi ulug' bo'lmasin, ro'zadorga iftorlik qilib bergan kishining zimmasidan ro'zani soqit qilmaydi. Chunki Ramazon oyida har bir sog'lom musulmon kishi ro'za tutishligi farzdir. Alloh taolo Qur'oni karimda: "Sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin", – deb buyurgan (Baqara surasi, 185-oyat). Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati