Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

05.03.2025   19741   1 min.
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Uchtepa tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Uchtepa tumanidagi 297-maktabda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Unda Ramazon oyining fazilatlari hamda ne’matlar shukri ila ziyoda bo‘lishi, shuningdek, ilm olishning ahamiyati borasida so‘z bordi. Ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda ota-onalarning vazifalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘ngida  aqidaviy hamda Ramazon oyiga doir savollarga atroflicha  javoblar berildi.

Aholi bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar davom etmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   17544   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari