Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447
Yangiliklar

Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha)

11.03.2025   15341   1 min.
Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha)

Ikkinchi o‘n kunligi boshlangan Ramazon oyining sakinati, fayz-barakasi, tarovati yurtimizning har go‘shasida sezilmoqda.

Xususan, masjidlarimiz har qachongidan gavjum bo‘lib, o‘qilayotgan taroveh namozlari, xatmi Qur’onlardan keyin mo‘min-musulmon xalqimiz jamoat bo‘lib qilayotgan duolar sharofatidan bahramand bo‘lyapmiz. 

Ota-onaga  yaxshilik qilish, isrofdan saqlanish, qo‘shnichilik haqlari, saxiylik kabi taroviholdi suhbatlari, xayr-saxovat tadbirlaridan dillar charag‘on bo‘lmoqda.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi muftiy o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda imom-domlalarimiz tomonidan yurtimizning barcha hududlarida, ko‘p masjidlarda o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha) Har go‘shada shukuhi bor (Fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

21.07.2025   488   1 min.
Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).


Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi. 


Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.


Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.


Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.