Vaqf.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan muborak Ramazon oyidagi Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etuvchi qorilarni saralash va tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.
Shu yilning 4 fevral kuni «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida Toshkent shahar masjidlarida tarovih namozlarida xatmga o‘tadigan qorilar bilan navbatdagi suhbat o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum qorilarga xatm qilish odoblari, tajvid qoidalari, xususan, vaqf va ibtido (to‘xtash va boshlash) ilmi bo‘yicha mahorat darsi va ma’ruza qildilar.
Shuningdek, malakali ustozlar tomonidan qorilarning tayyorgarlik darajasi ko‘rikdan o‘tkazilib, muborak oy davomida Qur’on tilovatini yuksak saviyada ado etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
AlQuran.uz