Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi

19.03.2025   16184   1 min.
Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov, Chimboy tumani bosh imomi Ilyas Qazaqbayev hamda tumandagi "Yusuf ota”, “Rahmatulloh maxsum" masjidlari imom-xatiblari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda nuroniylar birgalikda Chimboy tumanida nogironligi bo‘lgan fuqarolar, keksalar va turli millatlarga mansub aholi vakillari holidan xabar olishdi.

Aholi vakillari bilan suhbatlashilib, homiylarni jalb qilgan holda oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi Chimboyda aholi vakillari holidan xabar olindi
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   29428   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari