Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov, Chimboy tumani bosh imomi Ilyas Qazaqbayev hamda tumandagi "Yusuf ota”, “Rahmatulloh maxsum" masjidlari imom-xatiblari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda nuroniylar birgalikda Chimboy tumanida nogironligi bo‘lgan fuqarolar, keksalar va turli millatlarga mansub aholi vakillari holidan xabar olishdi.
Aholi vakillari bilan suhbatlashilib, homiylarni jalb qilgan holda oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati