Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Ehsonlar davom etmoqda

20.03.2025   8877   1 min.
Ehsonlar davom etmoqda

Oylar sultoni Ramazonning har bir kunida saxovat, xayriya tadbirlari Toshkent shahrida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilyapti.

Ramazonning 20-kuni (20 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdilar.

Tuman bosh imom-xatibi, imom-domlalar bilan 3 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ularga ro‘zg‘or uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

Shunday oilalardan ikkitasida yoshi ulug‘ otaxon va keksa onaxon istiqomat qiladi. Otaxon va onaxon ko‘zlarida yosh ila yurtimiz tinchligi mustahkam, xalqimiz turmushi yanada farovon bo‘lishi so‘rab duolar qildilar.

Alloh taolo Qur’oni karimda: «Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni  undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon Zotdir» (Baqara surasi 261-oyat), deb marhamat qilgan.

Alloh  taolo bu misol bilan bitta xayrli ish uchun   700 va undan ortiq savob ato etishini bildirmoqda.

Parvardigor ehsonlarni qabul qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda Ehsonlar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari tahliliy markazlarining ilk forumi bo‘lib o‘tadi

21.04.2025   1540   1 min.
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari tahliliy markazlarining ilk forumi bo‘lib o‘tadi

21-22 aprel kunlari Markaziy Osiyo xalqaro instituti Londondagi “Bourse & Bazaar” jamg‘armasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchi tahliliy markazlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etadi.
 

Joriy yil 5 may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari rahbarlari ikkinchi sammiti arafasida tashkil etilayotgan mazkur tadbir ushbu yirik xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayonini ekspertlar darajasida tahlil qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.


Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, O‘mon kabi davlatlardan yetakchi tahliliy, diplomatik va akademik muassasalarning 40 nafarga yaqin taniqli ekspert ishtirok etadi. Ular orasida ilmiy tadqiqotchilar, hukumat va mustaqil ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, yondosh universitetlar vakillari ham bor.


Uchrashuv davomida ikki mintaqa hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Xususan, transport va mintaqaviy bog‘liqlik, energetika, oziq-ovqat va iqlim xavfsizligi kabi mavzular kun tartibidan o‘rin olgan.


Forum yakunida diplomatik korpus, ilmiy doira va OAV vakillari bilan uyushtiriladigan matbuot brifingida ekspert muhokamasi davomida ishlab chiqilgan asosiy xulosa, tavsiyalar taqdim etiladi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

O'zbekiston yangiliklari