Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2025   |   4 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:52
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2025, 4 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Iftorlik dasturxoni yozildi

23.03.2025   11848   1 min.
Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon – xayru saxovat oyi. Bu muborak oyda qilingan xayr-ehsonlarga ulug‘ ajrlar bitiladi.
Urganch tumani bosh imom-xatibi Muhammadamin domla Muhammad Zarif o‘g‘li homiylarni jalb qilgan holda Urganch tumanidagi "Muruvvat uyi"da yashovchi keksalar holidan xabar olib, ularga iftorlik dasturxoni yozdi.
Iftorlik so‘ngida yurtimiz tinch, aholimiz farovon bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, xayrli duolar qilindi.

https://t.me/ZamaxshariyUz_official 

Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi Iftorlik dasturxoni yozildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Musibatlarni tabassum bilan yengib o‘ting!

01.04.2025   3579   1 min.
Musibatlarni tabassum bilan yengib o‘ting!

Musibat gohida mudroq iymonni uyg‘otishi va insonni Allohga qaytarishi mumkin. Natijada kasallikni davoga, qiyinchilikni esa sovg‘aga aylantiradi.


Qiyinchiliklarga dosh berish Allohga bo‘lgan odob va Uning taqdirini mamnuniyat bilan qabul qilish belgisidir.

Hikmatlarda aytiladi: "Men yumshoqlikni ham, qilichni ham sinab ko‘rdim. Bildimki, yumshoq – muloyimlik keskirroq ekan".


Bardoshli mo‘min hodisalarga nisbatan zaif va munofiqlarcha emas, xuddi raqibiga jang taktikasini sezdirmaydigan pahlavon bahodir kabi harakat qiladi. 


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘min yangi ekilgan nihol daraxtiga o‘xshaydi. Qaysi tarafdan shamol essa, u ana shu tarafga og‘adi va shamol to‘xtagan paytda yana tik turib oladi. Xuddi shunday, musulmon ham har xil balo va qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi (lekin u, Alloh uning qiyinchiliklarini ko‘targunicha, sabr qiladi). Va fosiq (yomon) odam esa qarag‘ay daraxtiga o‘xshab qattiq va tikka bo‘lib turaveradi, Alloh uni O‘zi xohlagan paytda uzib (sindirib) tashlagunicha" (Imom Muslim rivoyati).


Hayotning yoqimsiz voqealariga duch kelishda bardoshli bo‘lish gohida ularga nisbatan tabassum bilan boqishga va xotirjamlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Siz shunday davom etishini xohlaganingiz uchun emas, ulardan bezovta bo‘lib, qayg‘uga tushishni yengillatish uchun shunday tabassum kerak bo‘ladi. 

©️ Shayx Muhammad G‘azzoliy

Ibratli hikoyalar