Ramazon – xayru saxovat oyi. Bu muborak oyda qilingan xayr-ehsonlarga ulug‘ ajrlar bitiladi.
Urganch tumani bosh imom-xatibi Muhammadamin domla Muhammad Zarif o‘g‘li homiylarni jalb qilgan holda Urganch tumanidagi "Muruvvat uyi"da yashovchi keksalar holidan xabar olib, ularga iftorlik dasturxoni yozdi.
Iftorlik so‘ngida yurtimiz tinch, aholimiz farovon bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, xayrli duolar qilindi.
#Xushxabar #Ilmiy_faoliyat
Toshkent islom instituti Kengashi tavsiyasiga binoan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nti v.b. Abduqodir Pardayev, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dots.ntlari v.b. Behzod Soipov va Nozima Ibragimova Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dots.nt ilmiy unvonini qo‘lga kiritdilar.
Ushbu muhim voqea munosabati bilan dots.nt attestati Toshkent islom instituti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un domla G‘afurov tomonidan tantanali ravishda ustozlarga topshirildi. U.G‘afurov ustozlarga kelgusi ilmiy ishlarida ham katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Abduqodir Pardayev “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot” ixtisosligi, Behzod Soipov “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi va Nozima Ibragimova “Islom tarixi va manbashunosligi” bo‘yicha dots.nt unvoniga erishib, institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!
Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati