Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

24.03.2025   10342   1 min.
Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

Muhtaram Prezidentimizning «Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi» g‘oyasi asosida saxovat tadbirlari poytaxtimizda davom etyapti. 
Bu jarayonda o‘zga millat vakillariga alohida e’tibor qaratilayotir. 

Bugun, Ramazonning 24-kuni (24 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda tumanlar bosh imom-xatiblari, imom-domlalar ishtirokida homiylarni jalb qilgan holda tumandagi 100 ga yaqin kam ta’minlangan, boquvchisiin yo‘qotgan, ehtiyojmand, nogironi bor oilalar holidan xabar olindi.
Abduqahhor domla «Ko‘kcha» mahallasiga tashrif buyurib,  mahalla faollari bilan u yerdagi 5 ta yakka-yolg‘iz yashayotgan, nogiron parvarishlanayotgan xonadonga quvonch ulashilib, ehsonlar tarqatdilar.
Imom-xatiblar esa tumandagi boshqa mahallalarga bordilar.

Peshin namozidan so‘ng imom-domlalar «Shayx Zayniddin» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ezgu ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday olijanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

Alloh taolo Qur’on karimda: «Ehson-yaxshilikning mukofoti faqat ehson va ezgulik bo‘lajak» (Rohman surasi, 60-oyat), deb o‘zgalarga yaxshilik qiluvchilarga dunyo va oxiratda ulkan mukofotlar borligini ma’lum qilgan.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Videolar

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi shtabida Qur’on zali ekspozitsiyasini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi

24.04.2025   6033   1 min.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Markazning eng muhim bo‘limlaridan biri – Qur’oni karim zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish, uning tarkibiy qismlarini boyitish va tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

VIDEO