Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Oktabr, 2026   |   9 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:21
Quyosh
06:40
Peshin
12:08
Asr
15:52
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
20 Oktabr, 2026, 9 Jumadul avval, 1448
Maqolalar

Hayitlik

25.03.2025   16925   2 min.
Hayitlik

Hayitda ota o‘g‘liga oyoq kiyim olib berish uchun bozorga olib bordi. Do‘konda o‘g‘li bir oyoq kiyim yoqqanday bo‘ldi. Shu payt do‘kon yonidan bir bola narsa sotib o‘tib qoldi. U do‘konga mo‘ralab, sotayotgan yeguligidan olishga chorlarkan, otasi oyoq kiyim olib berayotgan bolaga havaslanib qarab qoldi. Ota o‘g‘lining e’tibori tengdoshiga tushganini ko‘rdi. O‘g‘li uning eskirib ketgan kiyim-boshiga qarab, achinganini sezdi. Boyagina o‘ziga yoqqan oyoq kiyimni kiyib, shodlangan chehrasi mayuslashdi.

Ota o‘g‘lidan: “U bolani ham xursand qilmoqchimisan?”, deb so‘radi. O‘g‘lining yuz-ko‘zlari quvonchdan porladi: “Otajon! Unga ham shu oyoq kiyimdan olib berasizmi?” deya otasini quchoqlab minnatdorlik bildirdi. Ota narsa sotib yurgan bolani chaqirdi. O‘g‘liga olib bergan oyoq kiyimdan unga ham olib, kiydirdi. Bola oldiniga ishonqiramadi.

So‘ng xursand bo‘lganidan yig‘lab yubordi. Bu saxovatli amakiga rahmat aytib, qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi. Amaki esa uning boshini silab: “Hayit muborak bo‘lsin, bolam!” dedi. “Sizga ham bayram muborak bo‘lsin, pullaringiz bundan ham ko‘paysin!” deya tezda javob qaytardi bola. Ota zimdan o‘g‘liga qaradi. Uning xursandligini ko‘rib, Alloh taologa shunday salim qalbli farzand bergani uchun shukronalar aytdi. O‘ylab qarasa, u o‘g‘liga hayitlik uchun bir oyoq kiyim olib beribdi. O‘g‘li esa unga bebaho narsalar – yaxshilik qilishning huzuri va shukronalik tuyg‘usini hadya qilibdi.

Haqiqiy hayitlikni Alloh taolo uchovlariga ham ato etibdi.
 

Yaxshilik qilish bandani jannatga olib borishi Qur’oni karim va hadisi shariflarda juda ko‘p aytilgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodariga ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar. 

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

12.10.2026   45445   1 min.
Ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Osiyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratadi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish, milliy ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish hamda uning ilmiy ahamiyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutiladi.

Hamkorlik — taraqqiyot, ilm va ma’rifat sari muhim qadam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari