Hayitda ota o‘g‘liga oyoq kiyim olib berish uchun bozorga olib bordi. Do‘konda o‘g‘li bir oyoq kiyim yoqqanday bo‘ldi. Shu payt do‘kon yonidan bir bola narsa sotib o‘tib qoldi. U do‘konga mo‘ralab, sotayotgan yeguligidan olishga chorlarkan, otasi oyoq kiyim olib berayotgan bolaga havaslanib qarab qoldi. Ota o‘g‘lining e’tibori tengdoshiga tushganini ko‘rdi. O‘g‘li uning eskirib ketgan kiyim-boshiga qarab, achinganini sezdi. Boyagina o‘ziga yoqqan oyoq kiyimni kiyib, shodlangan chehrasi mayuslashdi.
Ota o‘g‘lidan: “U bolani ham xursand qilmoqchimisan?”, deb so‘radi. O‘g‘lining yuz-ko‘zlari quvonchdan porladi: “Otajon! Unga ham shu oyoq kiyimdan olib berasizmi?” deya otasini quchoqlab minnatdorlik bildirdi. Ota narsa sotib yurgan bolani chaqirdi. O‘g‘liga olib bergan oyoq kiyimdan unga ham olib, kiydirdi. Bola oldiniga ishonqiramadi.
So‘ng xursand bo‘lganidan yig‘lab yubordi. Bu saxovatli amakiga rahmat aytib, qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi. Amaki esa uning boshini silab: “Hayit muborak bo‘lsin, bolam!” dedi. “Sizga ham bayram muborak bo‘lsin, pullaringiz bundan ham ko‘paysin!” deya tezda javob qaytardi bola. Ota zimdan o‘g‘liga qaradi. Uning xursandligini ko‘rib, Alloh taologa shunday salim qalbli farzand bergani uchun shukronalar aytdi. O‘ylab qarasa, u o‘g‘liga hayitlik uchun bir oyoq kiyim olib beribdi. O‘g‘li esa unga bebaho narsalar – yaxshilik qilishning huzuri va shukronalik tuyg‘usini hadya qilibdi.
Haqiqiy hayitlikni Alloh taolo uchovlariga ham ato etibdi.
Yaxshilik qilish bandani jannatga olib borishi Qur’oni karim va hadisi shariflarda juda ko‘p aytilgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodariga ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar.
Akbarshoh Rasulov
Tashrif dasturiga ko‘ra yuqori martabali mehmon “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
Shundan so‘ng oliy va yuqori darajadagi muzokaralarda ishtirok etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi davrning barcha sharoitlarida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi rasmiy vakillar Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarga markazning faoliyati, uning ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonning islom ilm-fani va jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini xalqaro miqyosda yoritish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Tashrif yakunida Xitoy Bosh vaziri markazda esdalik yozuvini qoldirdi. Unda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro boyishni mustahkamlash va avlodlar do‘stligini davom ettirish g‘oyasi ifodalandi.
Shu bilan XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati