So‘nggi uch oyda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida:
“Umra” faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan 31 ta turfirmada tekshiruv o‘tkazildi va ularning 26 tasiga 75 mln so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi.
Tadbirni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov ochib berib, mazkur bellashuv diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasidagi jamoaviy hamjihatlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan jamlangan jamoalar qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordi. Ishtirokchilar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, shuningdek, mamlakatimiz qonunchiligi va milliy qadriyatlarga oid savollar orqali o‘zlarining intellektual salohiyati hamda tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra, eng bilimdon jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin — Jalaquduq tumani;
2-o‘rin — Qo‘rg‘ontepa tumani;
3-o‘rin — Xo‘jaobod tumani.
G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ilm-ma’rifat yo‘lida bellashgan barcha ishtirokchilarni muborakbod etib, ularning kelgusi xayrli faoliyatlarida Alloh taolodan baraka va zafarlar tilaymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Andijon viloyati vakilligi
Matbuot xizmati