Joriy yilning 27 mart kuni Mir Arab oliy madrasasida Jaholatga qarshi ma’rifat mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dots.nt, siyosiy fanlar doktori Bektosh Berdiyev bugungi kunda yuzaga kelayotgan radikallashuv jarayonlari, ularning yoshlar ongu-tafakkuriga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari, bugun yoshlarimizni jamiyatimizni ushbu salbiy ta’sirlardan himoya qilishning vazifalari va texnologiyalari haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati