Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Aprel, 2025   |   11 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:53
Peshin
12:30
Asr
17:02
Shom
19:00
Xufton
20:16
Bismillah
09 Aprel, 2025, 11 Shavvol, 1446
Videolar

Avlido ramazon, yana 1 yil sensiz yashash kerak

29.03.2025   13028   1 min.

 

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar

09.04.2025   1054   4 min.
Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona viloyatida diniy soha xodimlari hamda masjidlar faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, jamoat bilan ishlashda yuksak mas’uliyatni ta’minlash maqsadida viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev rahbarligida ishchi guruh tashkil etildi. Hozirga qadar viloyatning Quva, Qo‘shtepa, Rishton va Bag‘dod tumanlarida o‘rganishlar olib borildi. 
 

Ushbu ishchi guruh tomonidan viloyatning turli hududlaridagi masjidlar va imom-xatiblar faoliyati o‘rganilib, bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

Masjidlarda sanitariya va gigiyena holati

Masjid — nafaqat ibodatgoh, balki poklik va ozodalik ramzi hamdir. Shu bois, har bir masjidda sanitariya talablariga amal qilish, ibodatga keluvchilar uchun qulay va tozalikka rioya qilingan muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


Ishchi guruh sanitariya holatini o‘rganar ekan, masjid ichidagi yuvinish joylari, tahoratxonalar, gilamlar, havo aylanishi, suv ta’minoti va atrof muhit tozaligiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayrim masjidlarda muntazam sanitariya ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ba’zi hollarda bu masalada to‘liq ijro ta’minlanmagan. Shu asosda amaliy tavsiyalar berilmoqda.
 

Yong‘in xavfsizligi holati
 

Masjidlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash — jamoat xavfsizligining muhim qismi hisoblanadi. Ishchi guruh bu borada masjidlardagi o‘t o‘chirish vositalari, elektr tarmoqlarining holati, evakuatsiya chiqish yo‘llari va yozma tartibdagi xavfsizlik rejalarini ko‘zdan kechirmoqda.


Ba’zi masjidlarda yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq amal qilinayotgan bo‘lsa-da, boshqalarida muayyan kamchiliklar aniqlanib, mutaxassislar tavsiyasi asosida tezkor choralar ko‘rish lozimligi qayd etilmoqda.

Qurilish va ta’mir ishlarining me’yoriy talablarga muvofiqligi

Masjidlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mir ishlari belgilangan me’yor va talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Ishchi guruh qurilish ishlari amalga oshirilayotgan obyektlarda loyihaviy hujjatlar, masjidning tarixiy va me’moriy xususiyatlariga rioya etilgan-etilmaganini o‘rganmoqda.

Qurilish ishlari vaqtinchalik emas, ko‘p yillar davomida xizmat qiladigan ibodat maskanini vujudga keltirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shu bois, bu borada ham texnik nazorat va mas’uliyatli yondashuv talab etilayotganiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Imom-xatiblar va masjid xodimlarining ijro intizomi

Masjid faoliyatining samaradorligi, avvalo, unda xizmat qilayotgan imom-xatiblar va xodimlarning mas’uliyatliligiga bog‘liq. Ishchi guruh bu borada jamoat bilan ishlash madaniyati, vaqtga rioya, hujjat yuritish tartibi va ish yuzasidan hisobot berish tizimini ham tahlil qilmoqda.


Ijro intizomiga sust qaralayotgan holatlarda imom-xatiblarga tegishli eslatma va tavsiyalar berilmoqda. Shu bilan birga, o‘z burchini sidqidildan ado etayotgan fidoiy xodimlar alohida e’tirof etilmoqda.


Shaxsiy xulq-atvorda namuna bo‘lish
 

Imom-xatiblar faqatgina ibodat rahnamosi emas, balki jamiyat uchun yuksak axloqiy namuna bo‘lishi kerak. Ular jamoat oldidagi chiqishlari, munosabati, kiyinish madaniyati va umumiy xulq-atvori orqali keng ommaga ta’sir ko‘rsatadi.


Ishchi guruh imomlarning shaxsiy fazilatlarini, jamoa bilan qanday aloqada ekanini, muhtojlarga munosabati va aholining turli qatlami bilan muloqot madaniyatini ham baholamoqda. Bu orqali diniy xodimlar orasida ma’naviy yetakchilik fazilatini yanada yuksaltirish ko‘zda tutilgan.


Ushbu tizimli o‘rganishlar orqali Farg‘ona viloyatida masjidlar faoliyati yanada tartibli, tahlil va tavsiyalarga asoslangan holda yo‘lga qo‘yish, qolaversa, ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq vazifalar belgilash va ijroga qaratish, yaxshi natijalarni esa ommalashtirish ko‘zda tutilgan.


Hududlardagi o‘rganishlar davom etmoqda. 

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar Imom-xatib va masjidlar faoliyatidagi o‘rganishlar: tahlil va tavsiyalar
O'zbekiston yangiliklari