Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Aprel, 2025   |   13 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:19
Bismillah
11 Aprel, 2025, 13 Shavvol, 1446

"Bor, Allohdan so‘ra!"

01.04.2025   3119   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Sahl ibn Abdulloh Tustariy rahimahullohning jajji o‘g‘li bor edi. Qachon bir narsa so‘rasa, onasi: «Bor, Allohdan so‘ra!» derdi. Shunda bolakay ma’sum qalbi ila sajdaga bosh qo‘yar va Robbidan istayotgan narsasini so‘rar edi. Ona esa, bu asnoda o‘sha narsani burchakka yashirib qo‘yib, hech narsa bilmaganday turardi. Bola iltijosini tugatgach, haligi narsasini topib olardi.

Bu hol bir qancha muddat davom etdi.

Bir kuni uyda hech kim yo‘qligida bolakayning ko‘ngli bir narsa tusadi va odatiga ko‘ra, sajdaga bosh qo‘yib, Allohga iltijo qila boshladi. Keyin esa, u narsani doim oladigan joyidan oldi.

Onasi uyga qaytganida, bolasining qo‘lidagi narsani ko‘rib, qayerdan olganini so‘radi. Sof qalb, sof tuyg‘ular sohibi bo‘lgan bolakay: «Hamisha oladigan joyimdan», deb javob berdi...

«Ko‘ngil sultonlari» kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi

10.04.2025   4672   2 min.
Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi

2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da “Yashil makon” loyihasi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi tashkilot va diniy soha xodimlari faol ishtirok etmoqda.


Xususan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida rektorimiz U.G‘afurov boshchiligida prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, bir guruh o‘qituvchi, xodimlar institut asosiy binosi atrofiga iqlimga tez moslashadigan, kislorod ko‘p ishlab chiqaradigan igna bargli va mevali daraxtlar, gullar ekishdi.


Institut hududida ekilgan ko‘chatlar “Yashil makon”ga aylantirish bilan birga yoshlarni, talabalarni tabiatga mehr qo‘yishga undash, shuningdek, dinimizda aytilganidek xushmanzara bog‘-rog‘lar barpo etib atrof-muhitni obod qilishdir.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.


Anas ibn Molik roziyaallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar bir muslim banda ko‘chat o‘tkazsa yoki ekin eksa, undan qushmi, insonmi yoki hayvonmi yesa, buning uchun unga sadaqa (qilganlik savobi) bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).


Bu hadis ko‘chat ekishning fazilati va ahamiyati nechog‘lik ulug‘ ekaniga dalolat qiladi va ko‘chat ekuvchilarning Alloh dargohida erishadigan ajr-savoblardan xabar beradi. Ushbu amal insonga nafaqat tirikligida, balki vafotidan so‘ng ham manfaat yetkazib turadi, Qiyomat kunigacha sadaqai joriya sifatida banda foydasiga xizmat qiladi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari Madinada ajva xurmosini ekkanlari manbalarda keltirilgan.


Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu aytdilar: “Nabiy alayhissalom amakilari Abbosga farzandlarini ko‘chat ekishga buyurishlarini, albatta, ko‘chat ekish faqirlikni ketkazishini amr etdilar”.


Ko‘chat ekish, mavjud daraxtlarni asrab avaylash har bir fuqaroning insoniy vazifasi bo‘lib, evaziga ulkan savoblarga erishadi, buning natijasida shahar va qishloqlar obod, aholi esa xushmanzara va toza havodan bahramand bo‘ladilar.


I.Dadabayev,

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi Toshkent islom instituti ustozlari ko‘chat va gullar ekib, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shdi
O'zbekiston yangiliklari