Bugun, 10 aprel kuni "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bitiruvchi kurs talabalarini ish joylariga taqsimlash ishlari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, masjidlar bo‘limi xodimi Muzaffar Jabborov, kadrlar bo‘limi xodimi Abdunosir Bobomirzayev hamda Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov ishtirok etdi.
Ular bitiruvchi kurs talabalari bilan suhbatlashib, zaruriy tavsiyalar berishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati