Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Oktabr, 2026   |   3 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:33
Peshin
12:09
Asr
16:00
Shom
17:48
Xufton
19:03
Bismillah
14 Oktabr, 2026, 3 Jumadul avval, 1448

Ilm karvonidagi oila

11.04.2025   13622   2 min.
Ilm karvonidagi oila

Oilada ilm hukm surishi, farzandlarning salohiyatli bo‘lishi hamda jamiyatga va dinga xizmat qiluvchi mukammal avlod yetishib chiqishida ayolning o‘rni beqiyosdir. Ayol ilmli va ilmga muhabbatli bo‘lar ekan, oiladan har tomonlama mukammal inson yetishib chiqishi muqarrardir.
 

Shu yil 11 aprel kuni Toshkent islom institutida “Olima ayol – millat tarbiyachisi” nomli tadbirda talaba qizlarga “Ilm karvonidagi ayol va oila” mavzusida hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashgan holda suhbat qilib berishlari uchun bugungi kunda diniy-ma’rifiy nashrlarni tashkil etishda va shu sohaning ravnaqi uchun jonbozlik ko‘rsatayotgan din arboblarining munis onasi, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning turmush o‘rtoqlari Fotimai aya Ismoil Maxdum va farzandi Ominaxon Muhammad Yusuf tashrif buyurdilar.


Tadbir Qur’oni karim tilovati va Fotima ayaning duolari bilan boshlandi. Suhbat davomida Fotima aya talaba qizlarga hozirgi ijtimoiy hayotda ayol-qizlarning ilmli bo‘lishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari naqadar muhim ekanligini tushuntirgan holda ularga bir qator tavsiyalar berib o‘tdilar. Jumladan, ilm olishda, avvalambor ixlosli bo‘lish va niyatni to‘g‘ri qilish, ilm va oilani teng olib borishga e’tiborli bo‘lish va bu yo‘lda jiddu jahd qilish, o‘zini psixologik to‘g‘ri tayyorlay olish va albatta tartibga rioya qilish hamda oldiga qo‘yilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarishga harakat qilish. 


Jumladan, Fotima aya marhum Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni xotirlab, u zotning oilada ayollarga bo‘lgan e’tiborlari, ularning ilm olishlariga bo‘lgan harisliklari hamda yaratib bergan sharoitlari haqida ta’kidlab o‘tdilar.


Fotima ayaning tavsiyalari davomi o‘laroq Ominaxon Muhammad Yusuf Toshkent islom institutining bitiruvchisi sifatida o‘z talabalik davrini xotirlagan holda bu davrning qadriga yetishga va nazariy olinayotgan ilmlarini amalda tadbiq qilishga harakat qilishga hamda orttirilgan ko‘nikmalarini jamiyatimiz va oila uchun xizmatda to‘g‘ri foydalana olishga chorladi.


Tadbirning ikkinchi qismi talaba qizlar tomonidan berilgan savollar bilan davom etdi. Ilm ahlining farzandi, turmush o‘rtog‘i va volidasi timsolidagi Fotima ayadan talabalar amaliy namuna sifatida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar va tavsiyalar oldilar.

TII Matbuot xizmati

Ilm karvonidagi oila Ilm karvonidagi oila
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK

14.10.2026   4077   1 min.
HAMDARDLIK

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahri Chilonzor tumani «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi Sirojiddin domla Xudoyqulovga opasi Safargul Ma’mur qizining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi.
Alloh taolo marhumaning oxiratlarini obod, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Oila a’zolari va barcha yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Yangiliklar