Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2026   |   13 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:53
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2026, 13 Shavvol, 1447

Allohga suyanib yashash saodatdir

15.04.2025   16455   1 min.
Allohga suyanib yashash saodatdir

Odatda odam bir natija ko‘rsatsa, nimagadir erishsa bunda o‘zining kuch va imkoniyatlari, harakatlarini birlamchi sanay boshlaydi va shunda xatoga yo‘l qo‘yadi. Holbuki, Allohning fazlisiz hech kim hech bir narsaga ega bo‘la olmaydi.


UFC chempioni Joze Aldo 10 yil mobaynida hecham yengilmagan. Lekin Ligada yangi jangchi bilan urushganida esa 13 sekundda nokautga uchragan.


Krishtianu Ronaldo eng cho‘qqiga chiqqan edi. Lekin Liga chempionatida gol ura olmadi.


Yugurish bo‘yicha rekordchi Useyn Bolt finalda oyog‘i qayrilib, finishga yetib bora olmagan.


Mashhur Mixael Shumaxer esa oyog‘ini sindirib olib, chempionatni o‘tkazib yuborgan.


Afsonaviy shaxmatchi Robert Fisher hayotidagi eng muhim o‘yinda yosh bola qiladigan xatoga yo‘l qo‘yib, yutqazgan...


Demak, hayotda nima bo‘lishidan qat’iy nazar esda tuting: nasibada borini olasiz. Harakat va urinishlar sabablar, xolos.


Shunday ekan, har ishga siqilmang. Allohga suyaning. Hammasini Uning amridan, deb biling! Adashib, uloqib ketishdan panoh tilang. Zotan, inson baribir ojizdir.


Alloh taolo Haj surasining 73-oyatida bunday misol keltiradi: “...bir pashshani yarata olmaslar, agar pashsha ulardan biror narsani tortib olsa, uni undan ayirib ololmaslar”. Rostdan ham, bir pashsha chaqsa, uni tutishga, bizdan olganini qaytarib olishga qodir emasmiz. Bas, Rabbimizga tayanib, o‘zimizni, ishlarimizni havola qilib yashaylik, azizlar! Ishoning, bu eng ulug‘ saodatdir.


Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xiva shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

31.03.2026   3449   1 min.
Xiva shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Xiva shahar "Sayd Niyoz Sholikor" jome masjidi imom noibi bo‘lib ishlab kelayotgan Bektemir Xodjayev Xiva shahar bosh imom-xatibi va ushbu masjid imom-xatibi etib tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun: Bektemir Ismoilovich Xodjayev 1977 yilda Xiva tumanida tavallud topgan. 2001 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan. O‘tgan davr mobaynida (2001–2026 yillar) O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.

 

Alloh taolodan Bektemir Xodjayevga kelgusi xayrli ishlarida kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tiladi. 

 

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xiva shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi Xiva shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi Xiva shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
O'zbekiston yangiliklari