Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Tadbir manfaatli bo‘ldi

16.04.2025   9907   1 min.
Tadbir manfaatli bo‘ldi

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida namunaviy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, tumanlar/shaharlar bosh imom-xatiblari va otinoyilar, shuningdek, «Haj – 2024» ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.


Dastlab Bo‘stonliq tumanidagi «Xo‘jakent» jome masjidida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi belgilab olindi.


So‘ngra hududga mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari o‘tqazildi.


Shundan so‘ng mahallalarga chiqilib, tumandagi har bir mahallada muammoli beshtadan oila o‘rganildi.


Arzimas sabablar bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar imomlar, hojilarning hayot tajribasidan kelib chiqqan gaplaridan ta’sirlanib, yarashib oldilar.


Adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarga ham Islomnign sof ta’limoti tushuntirildi.


Peshin namozidan so‘ng Doniyor domla Ikromov tumandagi «Olimjon ota» masjidi qavmiga mav’iza qilib berdi.


Xullas, bu ma’rifiy tadbir ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.


Tadbir so‘ngida kun davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Xayrli duolar bilan tadbir o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi Tadbir manfaatli bo‘ldi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

10.09.2026   71492   1 min.
Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Istanbul shahrining Bashakshehir tumanida hamyurtlarimizning murojaatlarini tinglash va ularning masalalariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tashrifdan asosiy maqsad ushbu hududda yashab, faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy maslahatlar berish va ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Safar davomida diplomatlarga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari ham hamrohlik qildi. Ular yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berdi va turli taqiqlangan hamda aqidaviy jihatdan noto‘g‘ri yo‘nalishdagi tashkilotlarga aldanib qolmaslik uchun zarur maslahatlar berdi.

Hamyurtlarimizning Turkiya hududida qonuniy yashashiga oid masalalar, ularning huquqiy holati, hujjatlari hamda konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bosh konsulxona vakillari zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga hujjatlarni rasmiylashtirish hamda vatanga qaytish bilan bog‘liq masalalarda amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari