Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Yanvar, 2025   |   16 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:23
Xufton
18:41
Bismillah
16 Yanvar, 2025, 16 Rajab, 1446

Vatan himoyasi – sharafli mas'uliyat!

14.01.2024   901   5 min.
Vatan himoyasi – sharafli mas'uliyat!

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida jonajon yurtimiz nurafshon bo'ldi. Bu oliy ne'mat zaminimizni, oilamizni, hayotimizni nurga to'ldirdi. Bunday baxt-saodatning davomli bo'lishini chin dildan tilaymiz. Dilimizda ham, qalbimizda ham shukrona keltiramiz. Shunday ulkan moddiy va ma'naviy boylikni qadrlay bilish, Vatan sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, yurt sha'ni va or-nomusini ko'z qorachig'idek asrab-avaylash shu zaminda yashayotgan har bir imonli, e'tiqodli va ixlosli farzandning muqaddas burchi ekanligini dildan xis qilamiz.

Tinchlikni saqlash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashda milliy armiyamiz alohida ahamiyatga ega. Yurtboshimiz rahbarligi ostida mamlakatimizda tezkor va ixcham, zamonaviy qurol-yarog' va texnika bilan ta'minlangan, jangavor tayyorgarlikka ega milliy armiyamizni barchamiz uchun shon-shuhrat deb bilamiz.

Yurtimizda 14 yanvar' – Vatan himoyachilari kunidir. Bu bayramni tinchlik xotirjamlik va osoyishtalik posbonlari bayrami sifatida nishonlash yurtimizda an'anaga aylangan. Bayramni keng nishonlanishi zamirida teran ma'no mujassam. Zero, ona yurtda tinchlik va osoyishtalik barqaror, sarhadlarimiz mustahkam ekan, xalqimiz ko'ngliga shodu xurramlik sig'adi, toat-ibodatlar omonlikda ado etiladi, bayramlar yarashadi, hayotimizning obodligi davom etadi.

Ta'kidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir. Tinchlikning qadriga etib yashash kerak. Shu aziz Vatan barchamizniki ekan, uni asrab-avaylab ham barchamizning chin farzandlik burchimizdir. Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o'sib-ulg'ayishlari, komil inson bo'lib etishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o'rni, shijoati va jangovor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq muhabbati mustahkam joy olgan, shijoatli o'g'lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlamoqdalar. Ularning bu bedorliklari naqadar savobli ish ekani haqida Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom; “Ikki ko'z egasini do'zax otashi kuydirmas: biri bu – Allohdan qo'rqib yig'lagan, ikkinchisi – Alloh yo'lida poyloqchilik qilib uxlamagan kishini”, – deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, Vatan ximoyasida faqat xarbiy kishilar emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fukarolar- ukituvchi yoki shifokor buladimi, tadbirkor yoxud xizmatchi buladimi, qayerda bo'lmasin uz vatanini ximoya kilish kerak. Himoya kilish deganda fakat qurol bilan emas, kerak bo'lsa so'z bilan, G'animlarga raddiya berish bilan vatanga tosh otuvchilar va ig'vogarlarga qarshi kurash yullari bilan inson uz yurtini, millatini,xalqini ximoya qilishi zarur! Bu xam iymoniy burchga kiradi.

Ammo, vatan himoyachisi bo'lish yanada sharafli burchdir. Kindik qoni to'kilgan Vatanni, shu mustaqil yurtni ko'z korachig'idek asrab-avaylash inson uchun go'yo o'z oilasini, sha'nini, or-nomusini, imon-etiqodini himoya qilish kabidir. Bu yo'lda fidoiy bo'lgan kishi yuksak maqomga etishi, ulkan ajrlarga ega bo'lishi haqida bashoratlar mavjud. Nabiy sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytganlar: “Molini, jonini, dinini va axlu ayolini ximoya qilish yulida xalok bo'lgan kishi shaxidlik maqomini topur”. Boshqa bir hadisda esa bunday deb marhamat qilingan: “Kimki Alloh taolo yo'lida bir yoki bir kecha chegara poylasa, unga bir oy kunduzi ro'za tutib, kechasi ibodat qilgan savobi yoziladi. Kimki sarhadni qo'riqlab turganda halok bo'lsa, unga ham huddi shunday ajru savob mukofoti bo'ladi va shahidlik maqomi berilib, barcha fitnalardan omonda buladi”.

Buyuk ajdodlarimiz yurt himoyasi yo'lida sha'ni, oru nomusini, imonini o'rtaga qo'yib, Vatanini himoya qilganliklarini tarix varaqlarida zarhal harflar bilan yozib qo'yilgan. Vatan ozodligi yo'lida qo'lida tig' va tug' ila jon bergan xazrat Shayx Najmiddin Kubro, Vatan hajri va dog'ida yonib o'tgan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzolarning ibratli hayotlari beixtiyor ko'z oldimizga kelishi bejiz emas.

Ayni shunday xalqimizning hozirgi kundagi vatanparvarlari deb Vatan himoyachilarini aytish mumkin. Ularning xizmati, shijoati va jangovor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq muhabbati mahkam joy olgan shijoatli o'g'lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlamoqdalar. Tinchlik-osoyishtaligimizni bor kuch-quvvatlari bilan asrab avaylamoqdalar. Biz ham ularning xayrli faoliyatlarida g'ayrat, shijoat, oilaviy baxt-saodat tilaymiz.

 

Musoxon ABBASIDDINOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasining

Namangan viloyat vakili

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14.01.2025   1955   1 min.
Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami yurtimizda milliy g‘urur va fidoyilik ramzi sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu kun Vatan himoyasi yo‘lida halollik va jasurlik ko‘rsatgan barcha fuqarolarni qadrlash, ularning hissasini e’tirof etish kunidir. 
 

Vatan himoyachilari nafaqat harbiylar, balki mamlakat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan barcha insonlardir. Ular sog‘lom, barqaror jamiyat qurish yo‘lida faoliyat olib borayotgan, ertangi kunning tinchligi uchun mehnat qilayotgan va boshqalarga namuna bo‘layotgan kishilardir. 


Har bir kishi vatanparvarlikni o‘z oilasidan, mahallasidan boshlashi lozim. Otinoyilar, ustozlar va ziyolilar yosh avlodga Vatanga bo‘lgan muhabbatni, uni himoya qilish mas’uliyatini yoshlikdan o‘rgatmog‘i kerak. Chunki kelajak avlodning ma’naviyati va irodasi Vatan mustaqilligini yanada mustahkamlaydi. 


Bugungi kunda yoshlar harbiy bilimlar bilan birga axloqiy va ma’naviy tarbiyaga ham katta ahamiyat berishi kerak. Shu yo‘l bilan ular Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilishga tayyor, shijoatli va barkamol shaxslar bo‘lib yetishadi. 


14 yanvar kuni nafaqat bayram, balki Vatanga sadoqat va mas’uliyatni eslatuvchi muhim sana bo‘lib, har birimizga milliy iftixor hissini uyg‘otadi. Tinchlikning qadrini bilish, uni asrash va kelajak avlodga sog‘lom yurt qoldirish barchamiz uchun muqaddas burchdir. 


Rizvon Bahramova,
Buxoro viloyati bosh imom-xatibining
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi