Minselxoz Rossii rassmatrivayet vozmojnost vvedeniya mer gospodderjki dlya proizvoditeley produksii, sootvetstvuyushey standartu "xalyal", peredayet RBK Tatarstan so ssilkoy na glavu Duxovnogo sobraniya musulman Rossii (DSMR) Albira Krganova.
Utochnyayetsya, chto muftiy Krganov, yavlyayushiysya chlenom Obshestvennogo soveta Minselxoza, nedavno vstrechalsya s glavoy ministerstva Oksanoy Lut. V chastnosti, rech zashla o vozmojnix merax gospodderjki xalyal-proizvoditelyam.
Po mneniyu glavi DSMR, podderjka takix kompaniy krayne vajna, poskolku oni zanimayutsya realizatsiyey proyektov v rusle provodimoy gosudarstvom mejdunarodnoy raboti, peredayet IslamNews.
Raneye soobshalos, chto v menyu «VkusON» poyavilis xalyalnie xot-dogi.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.
Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.
Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.
O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.
Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib:
لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.