Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Iyun, 2026   |   14 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:53
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
29 Iyun, 2026, 14 Muharram, 1448

Talabalarga xos nasihat

05.03.2024   539   2 min.
Talabalarga xos nasihat

Aytdilarki, bizning zamonamizda talabalarga o'zlarining ustozlaridan boshqa biror kishini rangi va asari o'rnashmas edi. Talabalarning o'z ustozlariga hos aqidalari, muhabbatlari va ustozlarini esa ularga hos shavqati bo'lar edi. Endi mijozlar, mazoqlar, tabiatlar o'zgarib ketdi. Talaba va ustozlarda shu aloqalar qolmadi. Shuning uchun, ilmiy zavq, ilmiy rang ham ularda paydo bo'lmayapti. Biror rangda ular puxta emas. Mukammal kimnidir, aniq bir rang yo'q shogirdlarda. Ilmiy iste'dodlar ham, amaliy tarbiya ham hammasi zaif, quvvatsiz. Shu bois, madrasalarda talabalarni amaliy tarbiyasi va ustozlarda esa, hizmat degan bir jazabani hosil qilish kerak.

Hizmat qilishimiz kerak degan narsa bo'lishi kerak, talabalarda esa, amaliy tarbiya bo'lishi kerak. Shunaqangi bir yo'llarni ixtiyor qilishga juda ham zarurat borki, talaba va ustozlarda o'zaro aloqa, munosabat paydo bo'lsin. Iste'doddagi kamlikni mukammal qilishlik uchun aytdilarki, meni nazdimda bu vaqtda juda ham zaruriyki, bizni madrasalarimizda “Tafsiri Jalolayn"dan oldin Qur'oni Majidning tarjimasini dars qilib o'qitish kerak. Hali arab tilini boshlamasdan oldin, o'zining tilida Qur'onni mukammal tarjimasini talabalar bilishi kerak.

Aytdilarki, alhamdulillah meni hamma ustozlarimga muhabbatim, aqidam bor. Hususan, Hazrat Mavlono Muhammad Yoqub Nonutuviyga qalbimda hos muhabbatim bor. O'sha zamonda Hazrati Ganguhiy rahmatullohi alayhni huzurlarida Ganguhda “Davrai hadis” bo'lar edi. Oltita sahih kitobni darsini Hazrati Ganguhiy rahmatullohi alayhni o'zlari o'qitar edilar. Devbandni aksar talabalari davrai hadisdan oldingi kitoblarni Devbandda o'qishib, davrai hadis uchun Ganguhga borishar edi. Devbandda kam qolishar edi. Lekin men Hazrati Mavlono Muhammad Yoqub Nonutuviyga kuchli muhabbatim bor edi. Menga bevafolik bo'lib ko'ringanki, men davrai hadis uchun u kishini tashlab boshqa joyga ketishim, menga yoqmagan. Alloh taologa shukrki, hadisda boshqa sheriklarimdan kam qilmadi.

Yorqinjon Fozil rahimahulloh

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dinini himoya qilganni Alloh hifzida saqlaydi

29.06.2026   1118   1 min.
Dinini himoya qilganni Alloh hifzida saqlaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Salbchilar Iskandariyaga hujum qilgan vaqtlarida go‘zal va mol-mulki ko‘p bir ayol qochib qolishga ulgurmadi. U bilan birga xizmatkorlari va joriyalari ham bor edi. Shu payt ularning uyiga yevropaliklar qo‘llarida qilichlarini yalang‘ochlab kirib kelishdi va ularning biri: “Pullar qayerda?”, deb so‘radi. U qo‘rqib ketib turgan joyida uy ichidagi sandiqlarda ekanini aytdi va qo‘rquvdan qaltiray boshladi. Ularning biri: “Qo‘rqma, sen mening himoyamda bo‘lasan, mol-mulkim va yaxshiligim ichra huzur-halovatda yashaysan”, dedi. Ayol bundan dushman uni yoqtirib qolganini angladi va qo‘rqib tursada unga chiroyli muomala qilib hojatga chiqib kelishga izn so‘radi. U esa ayol ham shuni xohlaydi deb o‘yladi va unga ruxsat berdi.

Yevropaliklar uy ichiga kirib sandiqlarni talay boshlashdi. Ayol esa uy eshigidan chiqib meshlar to‘la qop-qorong‘u omborga kirdi va u yerga yashirinib oldi. Yevropaliklar esa hamma joyni talab oxiri uni qidirishdi, lekin topa olishmadi va jo‘nab ketishdi. Xizmatchilari va joriyalari ham bu paytda yashirinishga ulgurishgan edi. Shunday qilib ularning barchasi asirlikka tushishdan qutilib qolishdi. Ayol bunday dedi: “Din va nomus salomatligi barcha narsadan ustun. Mol-dunyo esa mana shunday voqealar uchun kerak, xolos. Chunki faqirlik asirga tushish va zulm sabab dinini o‘zgartirishdan ko‘ra yaxshiroqdir”.

Shu’la: Qochib qutilishingiz mumkin bo‘lmagan bir haqiqatni qabul qiling: Bu dunyoda siz doimo o‘zgartirish imkonsiz bo‘lgan ishlarga yo‘liqasiz, ular bilan faqatgina sabr bilan muomala qilishingiz mumkin, xolos.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar