Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2026   |   30 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2026, 30 Rajab, 1447

Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

13.06.2025   13075   1 min.
Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi

19.01.2026   695   1 min.
“Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi

#Xushxabar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiliklaridagi Fatvo markazi ulamolari tomonidan tayyorlangan “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashrdan chiqdi.


Nashrda hanafiy ulamolarining fiqh va fatvo manbalariga tayanilgan holda zakotning farz va shartlari, kimlarga vojib bo‘lishi, ado etish tartibi, kimlarga berish lozimligi, turli mollardan zakot hisob-kitobi, fitr sadaqasi hamda zakotga oid zamonaviy masalalar batafsil yoritilgan.


Ma’lumot uchun:

- Hajmi: 222 bet

- Muqovasi: yumshoq

- Nashriyot: “Matbaachi”

- Narxi: 20 000 so‘m

Ulgurchi xaridorlar uchun aloqa:
 +998 91 780 66 33
 Manzil: Fatvo markazi, Toshkent shahri (xarita orqali)

Fatvo.uz

“Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashr etildi
O'zbekiston yangiliklari