Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Aprel, 2026   |   9 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:26
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:41
Bismillah
27 Aprel, 2026, 9 Zulqa`da, 1447
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   14172   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasi sovrindori bo‘ldi

27.04.2026   73   1 min.
O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasi sovrindori bo‘ldi

#xushxabar #qori #sovrindor

Qozon shahrida “Qozon — Islom olamining madaniy poytaxti” yili dasturi doirasidagi ilk tadbir sifatida o‘tkazilgan xalqaro Qur’oni Karim musobaqasi o‘z nihoyasiga ">yetdi.


Musobaqaning saralash bosqichida Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Yevro Osiyoning 30 mamlakatidan Qur’on tilovatida eng mohir bo‘lgan 30 nafar qori ishtirok etdi.


Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, quyidagi qorilar g‘olib sifatida e’lon qilindi:

1-o‘rin: Imron Al-Karim (Indoneziya)
2-o‘rin: Mahmud Toha Said Muqbil (Yaman)
3-o‘rin: Muhammad Yusuf bin Qosim (Malayziya)
4-O‘RIN: NIZOMIDDIN QORI SHUHRAT O‘G‘LI ISMOILOV (O‘ZBЕKISTON)
5-o‘rin: Abdulloh Hamad Salem Hamad Abu Sharida (Qatar).

G‘oliblar mukofotlarni Bosh muftiy shayx Ravil Gaynutdin qo‘lidan qabul qilib oldilar.

Manba (https://t.me/alquranuz/9822) 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari