frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Osoyishtalik siri

17.06.2025   15965   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

27.07.2026   20340   2 min.
Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

YUNЕSKO Butunjahon merosi qo‘mitasining Koreya Respublikasining Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida yurtimiz uchun xayrli va quvonchli yangilik e’lon qilindi. Unda "Toshkent modernizm me’morchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va an’analar" milliy nominatsiyasi YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga rasman kiritildi. 

Shu tariqa, poytaxtimiz Toshkentning XX asr ikkinchi yarmiga oid 10 ta noyob va muhtasham me’moriy inshooti xalkaro miqyosda e’tirof etildi.

Sessiyada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda YUNЕSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi delegatsiyasi ishtirok etdi. Bu yuksak natija davlatimiz tomonidan milliy, tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash, chuqur o‘rganish hamda dunyoga keng targ‘ib etishga qaratilayotgan xayrli siyosatning namunasidir.


Jahon merosi ro‘yxatidan o‘rin olgan noyob binolar:

- “Marvarid” turar joy binosi;

- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;

- “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi;

- O‘zbekiston davlat san’at muzeyi;

- Toshkent davlat sirki;

- O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali;

- O‘zbekiston kino sa’at saroyi;

- “Eski Jo‘va” (Chorsu) bozori;

- “Kosmonavtlar” metro bekati;

- “Quyosh” geliokompleksi.


Ushbu me’moriy yodgorliklar zamonaviy muhandislik g‘oyalari hamda Markaziy Osiyo va sharqona milliy me’morchilik an’analarining yuksak badiiy uyg‘unligini o‘zida mujassam etgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.


Ularning YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritilishi yurtimiz me’moriy merosining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirib, ularni asl holicha muhofaza qilish, tariximiz va qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga bekamu ko‘st yetkazish borasida ulkan mas’uliyat yuklaydi.
 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda YUNЕSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Gayane Umerovaning ta’kidlashicha, bu tarixiy qaror mamlakatimizning zamonaviy me’morchilik xazinasini jahon sahnasida munosib o‘ringa qaytarish bilan birga, ularni eng yuqori professional darajada asrash va parvarishlash vazifasini ham taqozo etadi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi Poytaxtimizning 10 ta mashhur binosi YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
O'zbekiston yangiliklari