Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Sentabr, 2026   |   1 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:40
Quyosh
06:00
Peshin
12:19
Asr
16:47
Shom
18:42
Xufton
19:58
Bismillah
12 Sentabr, 2026, 1 Rabi`us soni, 1448

Vakillikka 2 ta umra yo'llanmasi berildi  

04.03.2024   2873   1 min.
Vakillikka 2 ta umra yo'llanmasi berildi  

Shu yil 1 mart kuni “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bosh direktori Sultonbek Imomnazarov obuna mavsumida eng yuqori natijani ko'rsatgan, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ'ib etishga munosib hissa qo'shgani uchun Samarqand viloyati vakilligiga ikkita umra safari yo'llanmasi taqdim etildi. Ushbu mukofotni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla qabul qilib oldi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijod uyining davriy nashrlari – “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari va “Islom nuri” gazetasi dinimiz zarur ahkomlari, muhim savol-javoblar, yurtimiz va dunyo miqyosida diniy-ma'rifiy sohada ro'y berayotgan yangiliklar, allomalarning pandu nasihatlarini o'z ichiga olgan nashrlar hisoblanadi.

Ularni xalqimiz e'tiboriga havola qilish, har bir xonadonga kirib borishi diniy-m'rifiy savodxonlikning oshishiga hissa qo'shadi. Shu maqsadda yurtimizdagi har bir diniy soha vakili ushbu savobli ishga o'z hissalarini qo'shib kelmoqda. Zero, yaxshilikni yoyish, ilm va ma'rifat taratish, ma'rifatga intilish  pokiza va oliy tushunchadir.

Alloh taolo xalqimizga ma'rifat ulashish, ziyo tarqatishdek xayrli ishlarni bardavom qilsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

11.09.2026   22189   1 min.
Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

#xabar #seminar #imom #malaka

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan diniy soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va ish samaradorligini yuksaltirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
 

Shu maqsadda 8–9 sentyabr kunlari Diniy idoraning Masjidlar bilan ishlash hamda Kadrlar bo‘limlari hamkorligida respublikamiz bo‘yicha yangi lavozimga tayinlangan 55 nafar imom-xatib va imom noiblari uchun ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov, Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori, shuningdek, Fatvo markazi, Kadrlar bilan ishlash, Ichki nazorat bo‘limi mutasaddilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar. 


Xususan, soha mutasaddilari tomonidan muvaffaqiyatli imom bo‘lish omillari, go‘zal qiroat va tajvid qoidalari, shar’iy masalalarga to‘g‘ri yondashish, faoliyat samaradorligini baholash (KPI), qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish, mehnat munosabatlari hamda jamoat bilan ishlash ko‘nikmalari yuzasidan zarur amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi Yangi tayinlangan imomlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari