O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining asosiy qismi bo‘lgan "Qur’on zali"ning ilmiy-innovatsion loyihalari doirasida yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu — “114 Qur’on” loyihasidir.
Loyihaning asosiy maqsadi — dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonga oid bo‘lgan noyob qo‘lyozma Qur’on nusxalarini topish va ularning faksimile (nusxa)larini tayyorlashdir.
Mazkur loyiha doirasida Avstriyaning “Mueller&Schindler” nashriyotining biznesni rivojlantirish va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
https://t.me/islommarkazi
Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida mamlakatimiz diniy-ma’rifiy hayotidagi muhim voqea – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining ilk magistrantlariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli ulamolar, imom-xatiblar, ustoz-talabalar va OAV xodimlari ishtirok etadi.
E’tiborlisi, Toshkent islom instituti tarixida ilk bor 2024 yilda tashkil etilgan magistratura bosqichini iqtidorli talabalar muvaffaqiyatli tamomladi.
Marosim "Hazrati Imom" jome masjidi yonidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi binosining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir tafsilotlari va bitiruvchilarga kutilmagan xushxabarlarni sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati