#JUMA_SUHBATI
Jaloliddin domla HAMROQULOV – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari
Muhammad Rahim domla Abduqodirov – “Dorussalom” jome masjidi imom-xatibi
Jannatga hisob-kitobsiz kiruvchilar
Qiyomat kunidagi peshqadamlar kim?
Ular Allohga eng yaqin bandalar
Hech kim bu ishni Rasululloh ﷺdan oldin qila olmagan
Go'zal axloq sababli Islom dini keng tarqaldi
Peshqadam sahobalar hayotidan namunalar
Allohga qarz beruvchi bormi?
Ota-onaga yaxshilik qilishda musobaqalashing
Fazl egalari - fazl ahlinining fazlini biladilar
Yo Rasululloh ﷺ meni yaxshi ko'rasizmi?
Ali roziyallohu anhu va Fotima onamiz oilalari
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.
Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.
Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.
Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati