Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Odatda odamlarda «Qiz bola birovning hasmi, erta-indin erga tegib ketib qoladi. Undan nima foyda bo‘lishi mumkin», degan salbiy fikr bo‘ladi. «O‘g‘il bola esa doimo xizmatda bo‘ladi. Uni uylab qo‘ysang, kelin ham xizmatingni qiladi. U qariganingda ham joningga oro kiradi», kabi tushunchalar bor. Bu noto‘g‘ri fikr. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarga nafaqa qilishning fazli haqida o‘z hadislarida qayta-qayta bayon qilganlar. O‘zlari to‘rt nafar qizlariga qilgan muomalalari bilan barchaga namuna ko‘rsatganlar.
Ushbu hadisi sharif va rivoyatlarda ham shu ma’nolar ilgari surilgan.
عَنِ الزُّهْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ كَانَتْ لَهُ بِنْتَانِ فَصَبَرَ عَلَى لَأْوَائِهِمَا وَنَفَقَتِهِ عَلَيْهِمَا كَانَتْ لَهُ بِنَفَقَتِهِ عَلَيْهِمَا الْجَنَّةُ».
Zuhriydan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning ikki qizi bo‘lsa va ularning mashaqqatlariga va nafaqasiga sabr qilsa, ularga qilgan nafaqasi uchun unga jannat bo‘ladi», dedilar.
Sharh: Qiz boqish oson narsa emas, buni hamma yaxshi biladi. Bu ishni amalga oshirish uchun sabr-matonat kerak, harakat, g‘ayrat kerak, topganini sarflash kerak. Baribir shu qiz ertami, indinmi, birovning uyiga ketishi, kelin bo‘lishi borligini o‘ylab, yurak uvushib ham turadi. Ayniqsa qizi ko‘p bo‘lsa, bu holat aniq bilinadi. Ana shularni bilib turib va sabr etib, qizlarini yaxshi tarbiya qilgan odam o‘zi uchun oxiratning katta bir martabasini kasb qilgan bo‘lar ekan.
Ayni paytda qizlarni nafaqa bilan ta’minlash ham lozim ekan. Bu ish uchun ham sabr-bardosh kerak bo‘ladi.
Ikki qizning tarbiyasidagi mashaqqatlarga, xususan, qizlarning nafaqasini ta’minlashdagi qiyinchiliklarga sabr qilish ota-ona uchun katta savob hamda jannatga kirishga sabab bo‘ladigan amallardan biri hisoblanar ekan.
«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz
– Anjumanda allomaning farzandi, ko‘p yillar diniy sohada samarali mehnat qilgan Muhammad Akmalxon domla Shokirov ishtirok etdi.
– Ta’lim muassasasi mudiri O‘tkir G‘uzarov Shayx hazratlarining ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida qayd etdi.
– Muhammad Akmalxon domla otalarining hayot yo‘li, ilmga bo‘lgan ixlosi va jamiyat manfaati yo‘lidagi ibratli faoliyati haqida so‘zlab berdi.
– Ilm olishning yuksak maqomi;
– Odob-axloq me’yorlariga rioya qilish;
– Ilm sohibiga xos mas’uliyatni his etish borasida qimmatli nasihatlar berildi.
Tadbir yakunida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlar haqiga duolar qilindi.
Ezgu niyatlar bilan yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi so‘raldi.
Xojabuxoriy.uz