Rajab oyi kirganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma barik lana fiy Rajabin va Sha'bana va ballig'na Ramazona”, deb duo qilardilar.
Abu Qiloba roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida ro'za tutuvchilar uchun jannatda bir qasr bor”(Imom Bayhaqiy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Besh kecha borki, unda duolar rad etilmaydi: rajab oyining avvalgi kechasi; sha'bon oyining yarmidagi kecha; juma kechasi; fitr kuni kechasi va qurbonlik kechasi” (Ibn Asokir rivoyati).
Sayyidul istig'for: “Allohumma anta Robbiy laa ilaha illa anta xolaqtaniy va ana a'bduka va ana a'la ahdika va va'dika mastatotu a'uzu bika min sharri ma sona'tu, abuyu laka bini'matika alayya va abuyu bizambiy fag'firliy fainnahu laa yag'firuz zunuba illa anta”.
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Kurash insonning jismonan kuchli, baquvvat bo‘lishini ta’minlaydigan engmuhim sport turlaridan biri hisoblanadi. Islom dinida kurash tushish va kurash musobaqalarini o‘tkazish doimo qo‘llab quvvatlanadi.
Hadisda rivoyat qilinishicha, bir kuni Yazid ibn Rukona uch yuzta qo‘y yetaklab Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi va “Ey Muhammad, men bilan kurashasanmi?” dedi. U zot alayhissalom: “Agar seni yiqitsam nima tikasan?” dedilar. U: “Yuzta qo‘y”, dedi. Ular kurash tushishgan edi. Yazid ibn Rukona yiqildi. U: “Yana qayta tushasanmi?” dedi. U zot: “Nima tikasan?” dedilar. U: “Boshqa yuztasini”, dedi. Ular kurash tushishdi. U yana yiqildi. Uchinchisida ham shunday bo‘ldi. Shunda u: “Ey Muhammad, sendan avval biror kishi mening kuragimni yerga tekkizmagan edi”, dedi va Islomni qabul qildi.
Shunda u: “Endi ahlimga nima deyman? Bitta qo‘yimni bo‘ri yedi, biri qochib ketdi, uchinchisini nima deyman?” dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biz seni yiqitib, qo‘ylaringga ega bo‘lish uchun kurash tushmadik. Qo‘ylaringni olib, ketaver”, dedilar.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar quyidagilardir:
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘lining
"Islomda salomatlik" kitobidan olindi