Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Mutaxassislar huquqiy savodxonligi oshirildi

28.02.2024   2154   1 min.
Mutaxassislar huquqiy savodxonligi oshirildi

Bugun, 28 fevral' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida yangi tahrirdagi nizom va mehnat shartnomalarini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlab yig'ilish o'tkazildi. Zoom dasturi orqali tashkil etilgan masofaviy tadbirda Diniy idora tizimidagi barcha muassasa huquqshunos va kadrlar bo'yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

Dastlab Diniy idora Huquqshunoslik bo'limi mudiri Jahongir Hotamov ishtirokchilarga O'zbekiston musulmonlari idorasining yangi tahrirdagi ustavi haqida ma'lumot berdi. So'ng Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov mehnat shartnomalarining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'ruza qildi.

O'quv seminar qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   3597   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari