Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Men qabrimga ketaman...

11.07.2025   5436   2 min.
Men qabrimga ketaman...

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrat Tahonaviy rahmatullohi alayhmurid va yaqinlariga «safar qilsangiz va yukingiz sizga bepul olib ketishingizga ruxsat bergan miqdordan ortiq bo‘lsa, albatta, ortiqcha yukning haqqini ado eting va keyin safar qiling», deya ko‘rsatma berar edilar.

Bir kuni u kishi safar qilish uchun vokzalga yetib keldilar. Poyezd kelishiga yaqin qolgan edi. Hazrat yuklarini olib, yuklar tortiladigan joyga yetib keldilar va navbatga turdilar. Tasodifan poyezdda birga ketadigan konduktor u yerga keldi va hazratni tanib qoldi. Darhol: «Hazrat, siz bu yerda nega turibsiz?» deb so‘radi.

Hazrat: «Yukimni torttirish uchun kelganman», dedilar.

Konduktor: «Sizga yukingizni torttirishga zarurat yo‘q. Hech qanday muammo bo‘lmaydi. Men siz bilan birga poyezdda ketaman. Ortiqcha yuk uchun haq to‘lashingiz shart emas», dedi.

Hazrat: «Siz men bilan birga qayergacha borasiz?» deb so‘radilar.

Konduktor: «Falon bekatgacha boraman», dedi.

Hazrat: «Keyin u yog‘iga nima bo‘ladi?» deb so‘radilar. Konduktor: «U bekatda boshqa konduktor keladi. Men unga bu hazratning yuklari, deb aytib qo‘yaman», dedi.

Hazrat: «U konduktor men bilan birga qayergacha boradi?» deb so‘radilar.

Konduktor: «U uzoqqa ketadi. Undan ancha oldin sizning bekatingiz keladi», dedi.

Hazrat: «Yo‘q, men ancha uzoqqa ketaman, oxirat tarafga ketaman, qabrimga ketaman. Qaysi konduktor men bilan birga ketadi?» dedilar. Keyin: «Oxiratda mendan bir davlatga oid poyezdda yukning haqqini ado qilmay qilgan safaring va o‘g‘irliging hisobini ber degan talab bo‘lsa, u yerda qaysi konduktor menga yordam bera oladi?!» dedilar.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

15.07.2025   1504   1 min.
Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
 

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari