Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Diniy soha Matbuot xizmati xodimlariga seminar-trening o'tkazildi

28.02.2024   1998   2 min.
Diniy soha Matbuot xizmati xodimlariga seminar-trening o'tkazildi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malakaoshirish markazida diniy-ma'rifiy sohadagi Matbuot xizmati xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalari, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti hamda Toshkent shahar va viloyat vakilliklarining 71 nafar Matbuot xizmati xodimlari oflayn va onlayn shaklida ishtirok etdi.

O'quv seminarda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg'un G'afurovning “Yoshlarni turli yot g'oyalardan himoya qilishda diniy-ma'rifiy saytlarning roli: muammo va echimlar”, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas'ul xodimi Nurali Oripovning “Davlat organlari va tashkilotlarda axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish, bugungi talablar”, Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodimi Nodir Shomirzayevning "Internet tarmog'ida tarqatilayotgan yot g'oyalarning tahlili: muammo va echimlar (turli ekstremistik tashkilot va shaxslarning targ'iboti misolida)", O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tex.f.n., dotsent Qurbon Rahmonovning "Ijtimoiy tarmoq sahifalari ko'rinishini yangilash, faoliyat samaradorligini oshirish, kontent tayyorlash bo'yicha muhim taklif va tavsiyalar" mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi. 

Uchrashuv davomida maruzachilar tomonidan sohaga oid ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

15.09.2026   8165   2 min.
Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Islom ma’rifati, hadis ilmi va Imom Buxoriy merosi" o‘quv kursi o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida ekskursiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, nazariy va amaliy masalalar ko‘rib chiqildi, xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.

- Bu yerga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi faqat ibodat qilish uchun emas, balki ma’naviy "oziq" olish uchun ham borishi kerak, - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Bu yerda faoliyat yuritayotgan gidlarning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yar ekanmiz, ularga Imom Buxoriyning bizga qoldirgan merosini, bu merosning tarixiy manbalarini chuqur o‘rgatishimiz shart.

Kurs doirasida majmuaga birinchi marta tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Xorijlik ziyoratchilarga nafaqat Imom al-Buxoriy hayotidagi faktlar va diniy qadriyatlarimizni yetkazish, balki boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va yetkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Gid-ekskursovodlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berdilar. Bu bevosita ekskursiyalarni o‘tkazish paytida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Kurs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash va uning atrofini obodonlashtirish departamenti tomonidan tashkil etildi.

Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar turizm salohiyatining muhim qismi bo‘lgan Samarqand viloyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Mehmonga tashrif buyuriladigan joyning tarixi qanchalik to‘liq va tushunarli ochib berilishi gidning professionalligiga bog‘liq. Shuning uchun ham gid-ekskursovodlarning malakasini muntazam oshirib borish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish Samarqandda turizm xizmatlari sifatini oshirishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari