Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

313 ta hayotiy ziynat qoidalari (1-qism)

04.08.2025   16937   9 min.
313 ta hayotiy ziynat qoidalari (1-qism)

 313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari

ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar: 

       

             (1-qism)

                 “INTIZOM – G‘ALABANING KALITI

 

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

  1. «Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir» (Nahl surasi 16/18 oyat).

 

 

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

  • «Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular

sihat-salomatlik

va xotirjamlikdir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  •    «Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat biling:

keksaligingizdan oldin yoshligingizni,

betobligingizdan oldin salomatligingizni,

faqirligingizdan oldin boyligingizni,

bandligingizdan oldin bo‘sh vaqtingizni,

o‘limingizdan oldin tirikligingizni!» (Imom Hokim rivoyatlari).

 

 

  • Z I Y N A T(bezak, pardoz; bezatish):  

1) Zeb, chiroy berish uchun xizmat qiluvchi...; bezak.

2) Husn, ko‘rk beruvchi narsa; ko‘rk; izzat-hurmat.

                             (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 1/234).

 

Ulug‘ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,

buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelinayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,

mehribon ota-onalarimizdan o‘rganib kelinayotgan gavhar o‘gitlari va mislsiz so‘zlari,

elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta’lim olib kelinayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,

jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz ta’lim maskanlarida taralayotgan durdan a’lo fanlar va beqiyos bilimlar,

bugungi kunda va doim kerak bo‘ladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli ma’lumotlar hamda xalqimiz orasida e’tirof etilgan mezonlar

dan

  1. Qur’oni karim oyati karimalari,
  2. Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari,
  3. dinimiz asoslari,
  4. shariatimiz hukmlari,
  5. sharqona odoblarimiz,
  6. mazhabimiz me’yorlari,
  7. jamiyatshunoslik aloqalari,
  8. odamgarchilik munosabatlari,
  9. insoniy tuyg‘ular,
  10. ruhshunoslik sir-asrorlari,
  11. yurtimiz urf-odatlari,
  12. o‘zbekchilik qoidalari,
  13. madaniyatimiz axloqlari,
  14. insoniy aql va axloqiy normalar,
  15. dono maqollarimiz,
  16. milliy an’analarimiz,
  17. diniy qadriyatlarimiz,
  18. xalqimiz ong-tafakkuri,
  19. millatimiz mentaliteti,
  20. an’anaviy falsafasi,
  21. o‘zbek xalqining ilg‘or qadriyatlari,
  22. ulug‘larimiz hikmatlari,
  23. dono xalqimiz dunyoqarashi,
  24. musulmonchiligimiz ko‘rsatmalari

 

a s o s    v a    n ye g i z l a r i d a

 

ulug‘  ustozlarimiz – tabarruk  ulamolarimiz  keng,  chuqur  va  unumli istifoda  etib, kundalik hayotga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namuna shaklida batafsil taqdim etgan

313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari

ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

 

 

Ularning har biri

xalqimizning asrlar davomida

kundalik hayotlarida shakllangan  

yetti (7) ta

1) oilaviy,

2) ijtimoiy,

3) ma’naviy,

4) ilmiy,

5) iqtisodiy,

6) madaniy,

7) psixologik

mavzudagi

ENG  ASOSIY  qadriyatni  aks  ettirgan  HIKMATLARIDIR !

 

  1. Kechaning ziynati – oy.
  2. Osmonning ziynati – yulduz.
  3. Kunduzning ziynati – quyosh.
  4. Osmonning ziynati – bulut.
  5. Qishning ziynati – qor.
  6. Bahorning ziynati – yomg‘ir.
  7. Yozning ziynati – meva-cheva.
  8. Kuzning ziynati – sovuq.
  9. Taomning ziynati – non.
  10. Dasturxonning ziynati – ovqat.
  11. Shirinliklar ziynati – asal.
  12. Ichimliklar ziynati – suv.
  13. Rizqning ziynati – qoniqish.
  14. Insonning ziynati – aql.
  15. Aqlning ziynati – farosat.
  16. Bemorning ziynati – sabr.
  17. Umrning ziynati – savobli ishlar.
  18. Insonparvarlikning ziynati – mehr.
  19. To‘ylarning ziynati – yoshi ulug‘lar.
  20. Qo‘shnichilik ziynati – taom ulashishlik.
  21. Mahallaning ziynati – sokinlik.
  22. Xonaning ziynati – saranjomlik.
  23. Uyning ziynati – ozodalik.
  24. Hovlining ziynati – gul.
  25. Qarindoshchilik ziynati – bordi-keldichilik.
  26. Quda-andachilik ziynati – mehr-oqibat.
  27. Er-xotinlik ziynati – mehr-muhabbat.
  28. Oilaning ziynati – ota-ona.
  29. Chaqaloqning ziynati – o‘zi.
  30. Bolaning ziynati – odob.
  31. Yigitlarning ziynati – jasurlik.
  32. Qizlarning ziynati – ibo-hayo.
  33. Ayolning ziynati – ojizligi.
  34. Yaxshi o‘g‘ilning ziynati – ota-onaga xizmat.
  35. Yaxshi qizning ziynati – oilasiga gap yuqtirmaslik.
  36. Urf-odatlarning ziynati – davomiylik.
  37. Mehmondo‘stning ziynati – ko‘nglikenglik.
  38. Munosabatning ziynati – hurmat.
  39. Kamtarlikning ziynati – oddiylik.
  40. Talabaning ziynati – qiziquvchanlik.
  41. Yozuvning ziynati – bexatoligi.
  42. Do‘stlikning ziynati – sodiqlik.
  43. Kitobning ziynati – mazmuni.
  44. Kibrning ziynati – qabr.
  45. O‘limning ziynati – janoza.
  46. Qabristonning ziynati – ekilgan o‘simliklar.
  47. Gapning ziynati – qisqalik.
  48. Tabrikning ziynati – samimiylik.
  49. G‘alabaning ziynati – xursandchilik.
  50. G‘olibning ziynati – tirishqoqlik.
  51. Libosning ziynati – did.
  52. Ulug‘likning ziynati – oddiylik.
  53. Ulug‘larning ziynati – kamtarlik.
  54. Bolalikning ziynati – beg‘uborlik.
  55. Yo‘lning ziynati – tartib-intizom.
  56. Tinchlikning ziynati – xotirjamlik.
  57. Xotirjamlikning ziynati – tinchlik.
  58. Ishxonaning ziynati – adolatli rahbar.
  59. Bozorning ziynati – mo‘l-ko‘llik.
  60. Shaharning ziynati – ko‘rkamlik.
  61. Qishloqning ziynati – tabiiylik.
  62. Saroyning ziynati – shoh.
  63. Suhbatning ziynati – dilkashlik.
  64. Vatanparvarlikning ziynati – fidoyilik.
  65. Ishning ziynati – natija.
  66. Qarilikning ziynati – og‘irlik.
  67. Kattalarning ziynati – kichiklarga izzati.
  68. Tahoratning ziynati – mukammallik.
  69. Azonning ziynati – xush ovoz.
  70. Namozning ichki ziynati – hammasini o‘z joyiga qo‘yishlik.
  71. Namozning tashqi ziynati – zikr, tilovati Qur’on, duo.
  72. Ro‘zaning ziynati – sabr.
  73. Umraning ziynati – ado etishlik.
  74. Hajning ziynati – o‘zi bajarishlik.
  75. Ibodatning ziynati – o‘z vaqtida ado etishlik.
  76. Duoning ziynati – chin ixlos.
  77. ZIYNATLAR ZIYNATI – ODDIYLIK.
  78. Odob – mo‘min-musulmonning ziynati.
  79. Ota-onaga ehtirom – aqlli farzandning ziynati.
  80. Kattalarga hurmat – dono insonning ziynati.
  81. Kichiklarga izzat – ulug‘larning ziynati.
  82. Shirinso‘zlik – muomalaning ziynati.
  83. Kamtarlik – olimning ziynati.
  84. Itoatkorlik – yaxshi xodimning ziynati.
  85. Duo qilishlik – ibodatning ziynati.
  86. Ahil-inoqlik – yaxshi oilaning ziynati.
  87. Tabassum – yaxshi kelinning ziynati.
  88. Mardlik – yaxshi kuyovning ziynati.
  89. Viqorlik – yaxshi erning ziynati.
  90. Bo‘ysunishlik – yaxshi xotinning ziynati.
  91. Qat’iylik – yaxshi erkak kishining ziynati.
  92. Hayo-iffat – yaxshi ayol kishining ziynati.
  93. Poklik – musulmon ayolining ziynati.
  94. Mehribonlik – yaxshi qaynonaning ziynati.
  95. Vazminlik – yaxshi qaynotaning ziynati.
  96. Halimlik – ilmning ziynati.
  97. Xokisorlik – ta’lim oluvchining ziynati.
  98. Qo‘liochiqlik – kambag‘alning ziynati.
  99. Shukr – ne’matning ziynati.
  100. Xushmuomalalik – jamoatning ziynati.

 

                                                                                         (Davomi bor...)

Ibrohim domla Inomov

 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   4530   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari