313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari
ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(1-qism)
“INTIZOM – G‘ALABANING KALITI”
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA
XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
– sihat-salomatlik
– va xotirjamlikdir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
– keksaligingizdan oldin yoshligingizni,
– betobligingizdan oldin salomatligingizni,
– faqirligingizdan oldin boyligingizni,
– bandligingizdan oldin bo‘sh vaqtingizni,
– o‘limingizdan oldin tirikligingizni!» (Imom Hokim rivoyatlari).
1) Zeb, chiroy berish uchun xizmat qiluvchi...; bezak.
2) Husn, ko‘rk beruvchi narsa; ko‘rk; izzat-hurmat.
(“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 1/234).
Ulug‘ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,
buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelinayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,
mehribon ota-onalarimizdan o‘rganib kelinayotgan gavhar o‘gitlari va mislsiz so‘zlari,
elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta’lim olib kelinayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,
jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz ta’lim maskanlarida taralayotgan durdan a’lo fanlar va beqiyos bilimlar,
bugungi kunda va doim kerak bo‘ladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli ma’lumotlar hamda xalqimiz orasida e’tirof etilgan mezonlar
dan
a s o s v a n ye g i z l a r i d a
ulug‘ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz keng, chuqur va unumli istifoda etib, kundalik hayotga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namuna shaklida batafsil taqdim etgan
313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari
ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
Ularning har biri
xalqimizning asrlar davomida
kundalik hayotlarida shakllangan
yetti (7) ta
1) oilaviy,
2) ijtimoiy,
3) ma’naviy,
4) ilmiy,
5) iqtisodiy,
6) madaniy,
7) psixologik
mavzudagi
ENG ASOSIY qadriyatni aks ettirgan HIKMATLARIDIR !
(Davomi bor...)
Ibrohim domla Inomov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 5-hudud (Buxoro viloyati) bo‘yicha imtihon jarayonlari Mir Arab oliy madrasasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur hudud bo‘yicha diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 657 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.
Imtihonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda tartib-intizomini ta’minlash maqsadida jarayonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, pedagog-o‘qituvchilar hamda ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Test sinovlari boshlanishidan oldin abituriyentlarga imtihon topshirish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Barcha jarayonlar belgilangan talab va qoidalarga muvofiq, yuqori darajada tashkil etildi.
Tashkilotchilar test jarayonlarining shaffof va tartibli o‘tishiga yaqindan ko‘maklashgan Buxoro shahar ichki ishlar organi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda diniy ta’lim muassasalari vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati