Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Jazoirda ulkan masjid ochildi

26.02.2024   4215   1 min.
Jazoirda ulkan masjid ochildi

Shu yil 26 fevral' yakshanba kuni Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Afrikadagi eng katta 27 gektarlik “Buyuk Jazoir” masjidini rasman ochdi.

Mazkur masjid majuasi 12 ta qismdan iborat bo'lib, unda 120 ming o'rinli namozxona, Islom tsivilizatsiyasi muzeyi, anjumanlar zali va bir millionlik kutubxonaga ega madaniyat markazi, 1,5 ming o'quvchiga mo'ljallangan "Qur'on uyi" oliy islom fanlari maktabi, ilmiy tadqiqot va qadimiy qo'lyozmalarni qayta tiklash laboratoriyasi, shuningdek, vertolyot qo'nish maydonchasi, ko'p qavatli avtoturargoh, dam olish maskanlari mavjud.

Jazoir poytaxti, hatto qo'shni shaharlardan ham ko'rish mumkin bo'lgan minoraning balandligi 267 metrni tashkil etadi. Masjidning ichki qismi sakkiz burchakli ustunlar, marmar va 6 km ga yaqin kalligrafik yozuvlar bilan bezatilgan.

Masjidga ilk g'isht 2011 yilda qo'yilgan edi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi 

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiyda yosh diniy soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi

07.08.2026   20751   1 min.
Navoiyda yosh diniy soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida yosh imom-xatib va imom-noiblar ishtirokida “Yoshlar bilan bir kun” loyihasi tashkil etildi. 
 

Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev ishtirok etib, yosh kadrlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida diniy soha xodimlari oldida turgan bir qator dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Xususan:

  • Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish;

  • Ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlash;

  • Oilaviy ajrimlarning oldini olishda diniy-ma’rifiy yondashuvlarni kuchaytirish;

  • Yot g‘oya va buzg‘unchi oqimlarga qarshi ilmiy asoslangan raddiyalar berish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mazkur ochiq muloqot yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Navoiy viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Navoiyda yosh diniy soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi Navoiyda yosh diniy soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari