Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Sentabr, 2026   |   27 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:36
Quyosh
05:57
Peshin
12:20
Asr
16:51
Shom
18:47
Xufton
20:04
Bismillah
09 Sentabr, 2026, 27 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

12.08.2025   7572   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Britaniyalik ijodkorning “O‘zbekiston xazinalari” filmi millionlab tomoshabinlar e’tiborini qozonmoqda

09.09.2026   320   1 min.
Britaniyalik ijodkorning “O‘zbekiston xazinalari” filmi  millionlab tomoshabinlar e’tiborini qozonmoqda

Britaniyalik taniqli tarixchi va teleboshlovchi Bettani Xyuz bilan hamkorlikda tasvirga olingan “O‘zbekiston xazinalari” nomli hujjatli film dunyo bo‘ylab keng namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mazkur film joriy yilning 27 avgust kuni “BBC SELECT” platformasi orqali AQSH va Kanadada efirga uzatildi.

Bunga qadar ushbu loyiha Britaniyaning nufuzli “Channel 4” hamda Avstraliyaning “SBS” telekanallari orqali namoyish etilib, millionlab tomoshabinlar e’tiborini qozondi.

Film O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, me’morchiligi hamda boy sayyohlik salohiyatini xalqaro auditoriyaga keng tanitishga munosib hissa qo‘shdi.

Ushbu loyiha mamlakatimizning betakror turistik maskanlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlarda yurtimizga nisbatan alohida qiziqish uyg‘otishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boy tarix va madaniyatga qiziquvchi sayyohlar uchun O‘zbekistonning madaniy merosi asosiy jozibador omil sifatida gavdalanmoqda.

Shu kabi xalqaro medialoyihalar xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda O‘zbekistonni jahonning eng jozibador va xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari