Joriy yilning 24 fevral' kuni viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Bo'ston tumanida joylashgan "Mullaboy o'g'li Muxammadturdi" jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, bosh muxtasiblari va Bo'ston tumani hamda Ulug'nor tumanida faoliyat ko'rsatayotgan masjid imom-xatiblarining sayyor seminar yig'ilishi o'tkazildi.
Seminar yig'ilishida viloyat hokimi o'rinbosari R.Arziyev, viloyat hokimligi mutasaddilari ham ishtirok etdi.
Seminar yig'ilishida notiqlar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan masalalar va Bo'ston tumani xamda Ulug'nor tumanida faoliyat ko'rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligini oshirish, masjidlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, moliyaviy holatlar va ish yuritish xujjatlari borasida bir qator ko'rsatma va topshiriqlar berildi.










Vakillik matbuot xizmati
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati