Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Sentabr, 2026   |   17 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:16
Peshin
12:14
Asr
16:24
Shom
18:15
Xufton
19:29
Bismillah
28 Sentabr, 2026, 17 Rabi`us soni, 1448

Yuqish ham yo‘q, tiyara ham yo‘q

25.08.2025   5436   2 min.
Yuqish ham yo‘q, tiyara ham yo‘q

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا أبو قلابة الرقاشي نا أبو عامر العقدي ووهب بن جرير وعبد الصمد بن عبد الوارث وحفص بن عمر قالوا: نا هشام بن أبي عبد الله عن يحيى بن أبي كثير عن الحضرمي بن لاحق عن سعيد بن المسيب قال: سألت سعد بن أبي وقاص عن الطيرة فانتهرني فقال: من حدثك فكرهت أن أحدثه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم يقول :”لا عدوى ولا طيرة وإن تكن الطيرة في شيء ففي الفرس والمرأة والدار“ وقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم :”إذا سمعتم بالطاعون بأرض ولستم بها فلا تدخلوها وإذا كان بأرض وأنتم بها فلا تخرجوا منها“.


Said ibn Musayyibdan rivoyat qilinadi: “Sa’d ibn Abu Vaqqosdan tiyara haqida so‘radim, meni bundan qaytarib: “Senga bu haqda kim aytdi?” deb so‘radi. Men unga aytishni istamadim. U: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning bunday deganlarini eshitganman dedi”: “Yuqish ham yo‘q, tiyara ham yo‘q. Agar tiyara (shumlanish) biror narsada bo‘lsa, u: otda, ayolda va hovlidadir”.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Agar biror yerda vabo tarqalganini eshitsangiz, sizlar u yerda bo‘lmasangiz, u yerga kirmang! Agar vabo bir joyda tarqalsa-yu, sizlar o‘sha yerda bo‘lsangiz, u yerdan chiqmang!” dedilar.

Izoh: “Yuqish yo‘q” degani kasallikning o‘zida yuqish quvvati yo‘q, balki kasallik Allohning izni bilan paydo bo‘ladi, ya’ni kasallik yuqqan kishida ham mazkur kasallikni Alloh yaratadi, deganidir. Bu gap e’tiqodga bog‘liq.

Ammo amalga kelganda yetishi mumkin bo‘lgan zararlardan saqlanish vojib bo‘ladi. Shuning uchun hadisning davomida vabo tarqagan joyga kirmaslikka buyurganlar.

“Tiyara” – shumlanish. Bu cÿz arabcha “toyr” so‘zidan olingan bo‘lib, qush deganidir. Johiliyat davrida arablar biror muhim ishni qilmoqchi bo‘lca, masalan, safarga chiqishdan oldin yoki biror ishda ikkilansa, qo‘liga qush olib, uchirishardi. Agar qush o‘ng tarafga uchsa, o‘sha ishni qilishar, chap tarafga uchsa, qilishmas edi. Mana shu ish “tiyara” deb atalgan va “tiyara”, “tatoyyur” (“tiyara qilish”) so‘zlari umumiy shumlanishga ham ishlatiladigan bo‘lib ketgan.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qur’on ilmlari ustozi shayx Ayman Suvayd O‘zbekistonga keldi

28.09.2026   13709   1 min.
Qur’on ilmlari ustozi shayx Ayman Suvayd O‘zbekistonga keldi

Taraqqiyotimizning yangi davrida diniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot sohalarida, xususan, Qur’on ilmlarini chuqur o‘rganish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yurtimizda asrab-avaylanayotgan Kalomullohning eng noyob nusxasi – Hazrati Usmon Mus'hafining poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazining bosh zaliga o‘z maqomiga munosib tarzda joylashtirilishi, mamlakatimiz bo‘ylab Qur’oni karim va tajvid kurslarining faoliyat yuritayotgani hamda mus'haflarning yuqori sifatda nashr etilayotgani bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin misolidir. Shuningdek, har bir savobli ishni oyati karimalar tilovati bilan boshlash an’anasi Allohning kalomiga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzidir.

Mana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi sifatida xalqaro miqyosdagi Qur’on va tajvid ustozi, o‘n qiroat ilmi bo‘yicha dunyodagi eng taniqli ulamolardan biri — doktor Shayx Ayman Suvayd hazratlarining yurtimizga ilmiy safari tashkil etilmoqda.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizdagi Qur’oni karim va tajvid kurslari ustozlarining malaka va mahoratini oshirish, nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashishdir.

Ma’lumot uchun:

Shayx Ayman ibn Rushdiy Suvayd Qur’oni karim bo‘yicha Butunjahon tashkiloti Ilmiy kengashi raisi hisoblanadi. Olim Misrdagi mashhur «Al-Azhar» va Saudiya Arabistonidagi «Ummul-quro» universitetlarida tahsil olib, doktorlik ilmiy darajasini olgan. Uning 40 yillik ilmiy-tadqiqotlari mahsuli bo‘lgan «at-Tajvid al-Musovvar» asari va «Iqro» telekanalidagi turkum ko‘rsatuvlari keng ommaga yaxshi tanishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari