Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi

02.09.2025   7889   1 min.
Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi

Yurtimizning ma’naviyat va ma’rifat ravnaq topishi, aholimizning diniy bilim va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos. Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etib kelinayotgan «Hidoyat», «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi ham xalqimiz ko‘nglidan joy olgan nashrlar hisoblanadi.
 

Ushbu nashrlarni keng kitobxonlar ommasiga targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlari «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyoti jamoasi tomonidan taqdirlandi.


Farg‘ona viloyati vakilligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev va nashriyot mas’ul kotibi Tolibjon Nizomov ishtirok etib, e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘lgan imomlarni samimiy tabriklashdi. Shuningdek, ularga nashriyot sovg‘alari topshirildi.


Tadbir davomida «Hidoyat», «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetalarining aholini ma’rifiy tarbiyalashdagi o‘rni, yoshlar ongini sog‘lom g‘oyalar bilan boyitishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ma’naviyat va ma’rifat yo‘lidagi bu kabi tashabbuslar xalqimizning ilmga, axloqiy qadriyatlarga va milliy an’analarga sadoqatini yanada mustahkamlashi qayd etilib, kelgusi mavsumda ham targ‘ibot ishlarida faol bo‘lishga chaqirildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi Faollik ko‘rsatgan imomlar taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

24.08.2026   4103   1 min.
Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.

Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati 

 

O'zbekiston yangiliklari