Bismillahir Rohmanir Rohiym
اللَّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَبَارِكْ عَلَىٰ سَيِّدِنَا وَ مَوْلَانَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى الِهِ وَصَحْبِهِ عَدَدَ حُرُوفِ الْقُرْآنِ حَرْفًا حَرْفًا وَ عَدَدَ كُلِّ حَرْفٍ أَلْفَ أَلْفٍ وَعَدَدَ صُفُوفِ الْمَلَائِكَةِ صَفًّا صَفًّا وَعَدَدَ كُلِّ صَفٍّ أَلْفَ أَلْفٍ وَعَدَدَ الرِّمَالِ ذَرَّةً ذَرَّةً وَ عَدَدَ كُلِّ ذَرَّةٍ أَلْفَ أَلْفِ مَرَّةٍ وَعَدَدَ مَا أَحَاطَ بِهِ عِلْمُكَ وَ جَرَى بِهِ قَلَمُكَ وَ نَفَذَ فِيهِ حُكْمُكَ فيِ بَرِّكَ وَ بَحْرِكَ وَ سَائِرِ خَلْقِكَ وَعَدَدَ ما أَحَاطَ بِهِ عِلْمُكَ الْقَدِيمُ مِنَ الْوَاجِبِ وَالْجَائِرِ وَ الْمُسْتَحِيلِ اللَّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَبَارِكْ عَلَى سَيِّدِنَا وَ مَوْلانَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى الِهِ وَصَحْبِهِ مِثْلَ ذلكَ.
Allohumma solli va sallim va barik ’ala sayyidina va mavlana Muhammadin va ’ala alihi va sohbihi ’adada huruufil Qur’ani harfan harfaa.
Va a’dada kulli harfin alfa alfin va ’adada sufuufil malaikatihi soffan soffaa va ’adada kulli soffin alfa alfin va ’adadar rimali zarrotan zarrotan va ’adada kulli zarrotin alfa alfi marrotin va ’adada maa ahato bihi ’ilmuka va jaro bihi qolamuka va nafaza fiyhi hukmuka fiy barrika va bahrika va sairi xolqika. Va ’adada maa ahato bihi ilmukal qodiymu minal vajibi val jaa izi valmustahiyl.
Allohumma, solli va sallim va barik a’la sayyidina va mavlana Muhammadin va ’ala alihi va sohbihi misla zalika.
Ma’nosi: Allohim! Sayyidimiz va mehribon ulug‘imiz hazrati Muhammadga, ul zotning oilalari (ahli)ga va sahobalariga shunchalar rahmat, salom va barakot yodirki, Qur’on harflarining har bir harfi sanog‘icha va har bir harfi uchun yana million marta, safsaf maloikalarning saflari sanog‘icha va har bir saf uchun yana million marta, zarra-zarra qumlarning sanovicha va har bir zarra uchun yana million marta, Sening ilming qamragan narsalarning va Sening Qalaming yozgan narsalarning sanog‘icha, Sening quruqliklaring va dengizlaringda O‘z hukming joriy bo‘lgan boshqa barcha yaratmish maxluqotlaring sanog‘icha, vojib, joiz va muhol-nomumkin bo‘lgan narsalardan (va ilmlardan) Sening cheksiz qadimiy ilming qamragan narsalarning sanog‘icha sayyidimiz va mehribon ulug‘imiz hazrati Muhammadga, ul zotning oilalari (ahli)ga va sahobalariga rahmat, salom va barakot yog‘dir!
Sayyidimiz va mehribon ulug‘imiz hazrati Muhammadga, ul zotning oilalari (ahli) va sahobalariga shularning yana bir mislicha rahmat, salom va barakot yog‘dir! («Al-ad’iyatul-voridatu fil-ayatil karimati val-ahodisishsharifah», 155-s).
«Eng go‘zal salavotlar» risolasidan
Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati