Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyun, 2026   |   8 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
23 Iyun, 2026, 8 Muharram, 1448

Solih do'st tanlang

22.02.2024   813   3 min.
Solih do'st tanlang

O'zingizga solihlardan do'st tanlashga harakat qiling. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kishi do'stining dinidadir, shunday ekan, kimni do'st tutayotganingizga boqing”.

Do'st bu quvonchingizni birga baham ko'radigan, qiyinchilikda suyanadigan, xursand vaqtingizda ham, mahzun vaqtingizda ham yoniga yuguradigan, talpinadigan shaxsdir.

Uning Alloh uchun xolis do'st bo'lgani, to'g'ri yo'ldaligi doim ko'zingiz oldida tursin. Uni muhofaza qilin, o'zingizdan berib qo'ymang, chunki uni yo'qotsangiz, g'amingizga sherik bo'ladigan, sizni yaxshilikka chorlaydigan odam topa olmay qolasiz!

Abdulloh ibn Ja'far rahimahulloh aytadi: “Birga yuragningizda sizga ziynat bo'ladigan, yo'qligingizda sizni himoya qiladigan, biror nimaga muhtoj bo'lsangiz yordam beradigan, sizda biror kamchilik ko'rsa, uni boshqalardan berkitib, isloh qiladigan do'st tanlang”.

Katta-yu kichik har narsaga ham uni ayblayvermang, xatolaridan ko'z yuming, chunki mukammallik faqat Allohga xosdir!

Barmoqlaringizga qarang, hammasi bir-biriga yaqin joylashgan, faqat bosh barmoq ulardan uzoqroq. Lekin shunday bo'lsa ham barmoqlar o'zlaridan uzoqroq joylashgan boshbarmoqsiz hech narsa qila olmaydi, hech narsani ushlay olmaydi! O'zingizda bir sinab ko'ringda, boshbarmog'ingizni ishlatmagan holda yoza olarmikinsiz yoki kiyimizngiz tugmasini qaday olarmikinsiz?!

Demak, bundan kelib chiqadiki, gap atrofingizda do'stlar ko'p bo'lishida emas ekan. Gap ularning sizga mehr-muhabbatli, siz uchun foydali bo'lishidadir! Hatto sizdan uzoq joydadi bitta sodiq va solih do'st yaqingizdagi tayin-tutruqsiz mingta do'stdan yaxshi!

Qur'oni karimda bunday oyat bor: “Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar”(Zumar surasi, 73-oyat).

Ulamolar bunga tafsir o'laroq aytadilar: “Alloh odamlar jannatga alohida-alohida kirishini xohlamadi. Hamma do'stlar teng, birgalikda jannatga kiradilar”.

Alloh taolodan qo'limizdan tutib jannatga etaklaydigan do'stlar berishini so'raylik!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ikkinchi sajdani qilgani aniq bo‘lmasa

23.06.2026   1259   1 min.
Ikkinchi sajdani qilgani aniq bo‘lmasa

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namoz o‘qiyotgan odam sajdada ikkinchi sajdani qildimmi yoki qilmadimmi deb shubhalanib qolsa, qanday yo‘l tutadi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qiyotgan odam ikkinchi sajdani qildimmi, yo‘qmi degan shakka borsa, qilgan qilmaganini aniqlashga harakat qiladi. Agar gumoni bir tomonga ko‘proq bo‘lsa, shunga asosan yo‘l tutadi. Agar aniq bir to‘xtamga kela olmay, ikkilanib qolsa, bajarmagan deb hisoblanadi va namozning qayeriga kelgan bo‘lsa, o‘sha yerda bitta sajdani qilib qo‘yadi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Bu namoz ichida shak qilishga tegishli. Agar namozdan keyin shunday shakka tushib, qilgan-qilmaganini aniq bilmasa, unga ahamiyat bermaydi va namozini qayta o‘qimaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Maqolalar