Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda

04.09.2025   14135   1 min.
Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda

Ma’rifat soati

Bugun Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar uchun Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulvosit Homidjonov ham tadbirda ishtirok etib, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.

Kun tartibida umumiy masalalar, xususan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, mahallalar bilan ko‘proq ishlab, xonadonlarga kirib borishni tizimli yo‘lga qo‘yish bugungi kun talabi ekani eslatib o‘tildi.

Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ergashali domla Rustamov hamda vakillik mas’ul xodimi Saidxon domla Maxsumov Toshkent shahar hokimligi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ma’rifat soati so‘ngida xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

 

Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda Imomlar har jabhada faol bo‘lmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda

04.09.2026   41852   1 min.
Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda

Joriy yil 6 sentyabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.

Ma’lumot o‘rnida: 1912 yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.

Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.

Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.

CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.

 

 

Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
O'zbekiston yangiliklari